Toshkentda Al-Beruniy maktabining 16 yoshli o‘quvchisi yotoqxona 4-qavatidan tushib ketib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda Telegram va Instagram eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar deb topildiJamiyatAlisher Qodirov Toshkentdagi «qaysidir rus rassomining uyi»ni buzishga chaqirdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 5 ta taklif bildirdiSiyosatO‘zbekistonda pensiya yoshini uch yilga oshirish rejalashtirilmoqdaJamiyatO‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron, Suriya va Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadiSportSamarqandda sobiq imom-xatib giyohvandlik vositalari ta’sirida diniy saboq bergani aniqlandiJamiyatUrganchda 15 yoshli maktab o‘quvchisi «VAZ-2107»da YPX xodimlaridan qochishga urindiJamiyat«Hududiy elektr tarmoqlari» tadbirkorlardan noqonuniy ravishda 5,5 mlrd so‘m undirgani aniqlandiJamiyatAliment miqdori bolaning yoshi va ehtiyojiga qarab belgilanishi mumkinJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 5 ta taklif bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 5 ta taklif bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Seul sammitida savdo hajmini 20 mlrd dollarga yetkazish, texnopark hamda minerallar alyansini tuzish bo‘yicha 5 ta strategik tashabbusni ilgari surdi.

16-sentyabr kuni Seul shahrida birinchi «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» sammiti bo‘lib o‘tdi. Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myong raisligida o‘tkazilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, xavfsizlik, bir-birini to‘ldirib turadigan amaliy hamkorlik hamda gumanitar almashinuvlar kabi ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida Janubiy Koreya uzoqni ko‘zlab ish tutgan holda, Markaziy Osiyo timsolida yaqin va o‘zaro manfaatli sheriklik uchun ulkan salohiyatni 2007-yildayoq birinchilardan bo‘lib ko‘ra olganini ta’kidladi.

«Biz Koreya tomonining mamlakatlarimizni sanoatlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va barqaror rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratishga qo‘shayotgan salmoqli hissasini samimiy qadrlaymiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston yetakchisi ushbu aloqalar ildizi Buyuk ipak yo‘li davrlariga borib taqalishini hamda ko‘pmillatli Markaziy Osiyo oilasining ajralmas qismiga aylangan koreys diasporasi xalqlarimiz o‘rtasidagi birdamlik va hurmatning yorqin ramzi ekanini qayd etdi.

Bugungi kundagi asosiy vazifa – erishilgan sur’atni saqlab qolish bilan birga, uni yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqishdan iborat. Shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidenti beshta strategik yo‘nalish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi:

  1. Uzoq muddatli rejalashtirish mezonlarini shakllantirish: Global o‘zgarishlar, sun’iy intellektning mehnat bozoriga ta’siri hamda iqlim xavflariga javoban «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi: jadal rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik» deb nomlangan uzoq muddatli konseptual qarashni ishlab chiqish taklif etildi. Shuningdek, kibertahdidlarni barvaqt aniqlash hamda raqamli kelajak xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

  2. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlarni birlashtirish: Sanoat va savdo vazirlari uchrashuvlari platformasini yaratish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Bu mexanizm o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2030-yilga borib 20 mlrd dollarga yetkazish imkonini beradi. Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish maqsadida O‘zbekistonda «Markaziy Osiyo – Koreya» sanoat-texnologik parkini tashkil etishga tayyorlik bildirildi. Kelgusi yili Samarqandda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo va Koreya uchinchi hududlararo forumida barcha hududlar hamda biznes vakillari ishtirok etishi muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

  3. Muhim minerallar sohasidagi hamkorlik: Mintaqadagi ulkan xomashyo zaxiralaridan samarali foydalanish uchun geologiya-qidiruv va qazib olishdan tortib, ularni chuqur qayta ishlash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq siklni qamrab oluvchi Muhim minerallar bo‘yicha Mintaqaviy investitsiya alyansini shakllantirish taklif qilindi.

  4. «Yashil» taraqqiyot va iqlimga moslashish: Mintaqada iqtisodiyotlarning bir-birini to‘ldiruvchi imkoniyatlarini birlashtirgan holda, Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida iqlim va uglerod hamkorligi bo‘yicha maxsus formatni ishga tushirish tashabbusi ilgari surildi.

  5. Yoshlar va inson kapitali salohiyatini ro‘yobga chiqarish: Aholisining yarmi 30 yoshgacha bo‘lgan mintaqamiz uchun «buyurtma – o‘qitish – bandlik» tamoyili asosida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Prezident Li Je Myongning «O‘xshashi yo‘q Koreya» doktrinasini sun’iy intellekt texnologiyalarini birgalikda ishlab chiqishda Markaziy Osiyodagi tayanch maydoniga aylantirish tashabbusi bildirildi.

Yakunda O‘zbekiston kelgusi yilda Janubiy Koreya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi va koreys diasporasining mintaqada yashay boshlaganining 90 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarni eng yuqori darajada o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Sammit yakunida Seul deklaratsiyasi va bir qator ustuvor hujjatlar qabul qilindi.