«Hududiy elektr tarmoqlari» tadbirkorlardan noqonuniy ravishda 5,5 mlrd so‘m undirgani aniqlandiJamiyatAliment miqdori bolaning yoshi va ehtiyojiga qarab belgilanishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda o‘quvchilarni haqorat qilgan va kaltaklagan pedagoglar bir yilga dars berishdan mahrum etiladiJamiyatToshkentda yonib ketgan Zeekr’da zavod nuqsoni borligi aniqlandi — o‘zbekistonliklar nimani bilishi kerakJamiyatJizzax viloyatida qaynona va ovsinlar kelinni shafqatsiz qiynagani aytilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda 18 yoshgacha nikoh qurish tartibi kuchaytirilmoqdaJamiyatRaqobat qo‘mitasi reyslar kechikishi uchun kompensatsiya to‘lash tartibini o‘rganmoqdaJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda harorat +25 darajagacha pasayadiJamiyatSukunatni buzganlik uchun jarimalar 8,8 mln so‘mgacha oshiriladiJamiyatMarkaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadiSiyosat

Aliment miqdori bolaning yoshi va ehtiyojiga qarab belgilanishi mumkin

Aliment miqdori bolaning yoshi va ehtiyojiga qarab belgilanishi mumkin

O‘zbekistonda alimentni oylik daromadga qarab hisoblash tartibi bekor qilinishi mumkin. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi alimentni minimal iste’mol savati asosida hisoblashni taklif qilmoqda.

O‘zbekistonda aliment to‘lovlarini hisoblash tizimi tubdan o‘zgartirilishi va rasmiy daromadga bog‘lanmagan holda belgilanishi kutilmoqda. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova Oliy Majlis Senatidagi chiqishida ma’lum qildi.

Qo‘mita raisining ta’kidlashicha, oxirgi vaqtlarda ayrim ota-onalar aliment miqdorini kamaytirish maqsadida haqiqiy daromadlarini yashirib, o‘zlarini soxta ravishda past maoshli ishlarga rasmiylashtirish holatlari ko‘paygan.

Taklif etilayotgan yangi tartib

Yuqoridagi suiiste’molchiliklarning oldini olish uchun quyidagi o‘zgarishlarni joriy etish taklif qilinmoqda:

  • Iste’mol savatiga bog‘lash: Aliment miqdorini ota yoki onaning oylik maoshidan emas, har bir yosh toifasi kesimida bolaga kerak bo‘ladigan minimal iste’mol savatidan kelib chiqib hisoblash;

  • Xususiy sektorni jalb qilish: Alimentlarni undirish bilan bog‘liq ayrim funksiya va vakolatlarni Majburiy ijro bürosidan (MIB) xususiy sektorga o‘tkazish.

Amaldagi aliment to‘lash tartibi

Hozirgi qonunchilikka ko‘ra, aliment miqdori daromadga hamda farzandlar soniga qarab quyidagicha undiriladi:

  • 1 nafar bola uchun — ish haqining 1/4 qismi (25%);

  • 2 nafar bola uchun — ish haqining 1/3 qismi (33,3%);

  • 3 va undan ortiq bola uchun — ish haqining 1/2 qismi (50%).

Rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun esa taxminiy oylik to‘lov miqdori 1 nafar bola uchun 1,7 mln so‘m, 2 nafar bola uchun 2,3 mln so‘m, 3 va undan ortiq bola uchun 3,4 mln so‘m atrofida belgilangan.

Majburiy ijro bürosi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda aliment to‘lovchilarning 61 foizi rasmiy ish bilan ta’minlanmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega emas.