Chirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyo

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev XKP Markaziy qo‘mitasi bo‘lim mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuv yakunida qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi. Yuqori martabali mehmon davlat rahbariga XXR Raisi Si Szinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar so‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi izchil o‘sayotganini, Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qo‘shma loyihalar soni ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muloqot davomida parlamentlararo va partiyalararo munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, oliy va kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida tomonlar partiyalararo va parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib oldi.

Ma’lumot uchun, Lyu Xaysin 6-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo — Xitoy» siyosiy partiyalari muloqoti doirasidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish