Veolia Energy Yakkasaroydagi hodisa yuzasidan bayonot berdiJamiyatIshlaydigan onalar uchun yangi nafaqa joriy etiladiJamiyatO‘zbekistonda 8,9 mingdan ortiq hokim yordamchisi qayta baholashdan o‘tkaziladiJamiyatMarkaziy Osiyo mamlakatlari va Tailand: Kimga bezviz tegdi?JamiyatRossiya aeroportlaridagi cheklovlar sabab Uzbekistan Airways samolyoti Toshkentga qaytdiJamiyatTailand vizasini olish uchun O‘zbekiston fuqarolari Moskvaga borishiga to‘g‘ri keladiJamiyatToshkentda xalqaro yarim marafon sababli 12 ta markaziy ko‘chada harakat cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda ommaviy biznes ro‘yxatdan o‘tkaziladiIqtisodiyotO‘zbekistonda ob-havo o‘zgarib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi va harorat pasayadiJamiyatO‘zbekistondan deklaratsiyasiz olib chiqiladigan naqd valyuta cheklovi 10 ming dollargacha oshiriladiJamiyat

Ishlaydigan onalar uchun yangi nafaqa joriy etiladi

Ishlaydigan onalar uchun yangi nafaqa joriy etiladi

2026-yil 3-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi. Ishlaydigan onalarga bola bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi va muhtoj oilalarga ijtimoiy vaucherlar beriladi.

O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi tubdan isloh qilinmoqda. 3-sentyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu sohada bir qator yangi tashabbus va topshiriqlarni ilgari surdi.

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar fuqarolarni «Ijtimoiy reyestr»ga kiritish tizimini to‘liq ko‘rib chiqish yuklatildi. Endilikda baholashda faqat oila daromadi emas, balki surunkali kasalliklar, nogironlik, ko‘p bolalik hamda oila a’zolaridan birining xorijda mehnat qilayotgani kabi omillar ham inobatga olinadi.

Onalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari

Mamlakatda kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, uch yoshgacha bolasi bor oilalarda ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda:

  • Ishlaydigan onalarga nafaqa: Ishlaydigan onalarga bola bir yoshga to‘lgunga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa puli ajratiladi.

  • Bandlik va daromad: Farzand parvarishi bilan band bo‘lgan ota-onalarning uyda yoki mahallada mehnat qilib, daromad olishi uchun maxsus sharoitlar yaratiladi.

  • Ijtimoiy paketlar: Ehtiyojmand oilalarga «passiv daromad» keltiruvchi ijtimoiy paketlar uchun joriy yilda 300 milliard so‘m ajratildi. Ushbu yordamni olgan 11 ming oilaning yarimida daromadlar sezilarli darajada oshgan. Tizim faoliyatini uzaytirish bo‘yicha qaror loyihasi bir hafta muddatda kiritiladi.

Kelgusi yildan joriy etiladigan vaucher tizimi

Keyingi yildan boshlab reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun vaucher tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Vaucherlar orqali quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:

  1. Davlat va xususiy bog‘cha to‘lovlari

  2. O‘quv markazlarida ta’lim olish

  3. Yo‘l va OTM yotoqxonalarida yashash xarajatlari

Ijtimoiy vaucherlar 12 oy muddatga beriladi va oila «Ijtimoiy reyestr»dan chiqarilgan taqdirda ham o‘z kuchida qoladi.