Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

“Tolibon” Badaxshonda namoyishchilarga qarata o‘q uzdi: halok bo‘lganlar bor

“Tolibon” Badaxshonda namoyishchilarga qarata o‘q uzdi: halok bo‘lganlar bor

Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida “Tolibon” vakillari mahalliy aholi namoyishiga qarata o‘t ochishi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi va 9 kishi yaralandi.

Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatining Yaftali Payin tumanida “Tolibon” vakillari va mahalliy aholi o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Tinchi buzilgan namoyishchilarga qarata o‘t ochilishi natijasida kamida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 9 kishi jiddiy jarohat oldi. Bu haqda Amu TV manbalariga tayanib xabar berdi.

Mahalliy aholi vakillarining ta’kidlashicha, norozilik namoyishlariga “Tolibon” harakati tomonidan so‘nggi oylarda bosim va xavfsizlik choralarining asossiz kuchaytirilgani sabab bo‘lgan. Hududda doimiy tintuvlar, yoshlarni ommaviy hibsga olish holatlari ko‘paygani fuqarolar e’tiroziga olib kelgan.

Biroq “Tolibon” hodisaga boshqacha baho bermoqda. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, nazorat-o‘tkazish punktida giyohvand moddalar olib o‘tayotgan mototsikl to‘xtatilganda to‘qnashuv kelib chiqqan. Rasmiylar namoyishchilarni «hujumchilar» deb atab, to‘qnashuvda harakat vakillari orasida ham yaradorlar borligini bildirishgan.

Harbiy vaziyat va yangi askarlar safarbarligi

Ayni paytda Yaftali Payin va Zebok tumanlarida “Afg‘oniston ozodlik fronti” kabi qurolli opositsion guruhlar va “Tolibon” o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Muxolifat guruhlarining faollashgani sababli “Tolibon” mamlakatning 11 ta viloyatida (jumladan Qandahor, Badaxshon, Xost, Nangarhor va Nimro‘zda) kuch tuzilmalariga yangi askarlarni yollash va safarbar etish ishlarini keskin jadallashtirgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish