Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

O‘zbekistonda tezlikni soatiga 80 km dan oshirgan haydovchilarni guvohnomadan mahrum qilish taklif etildi

O‘zbekistonda tezlikni soatiga 80 km dan oshirgan haydovchilarni guvohnomadan mahrum qilish taklif etildi

O‘zbekistonda tezlikni soatiga 80 km dan oshirgan haydovchilarni guvohnomadan mahrum qilish taklif etildi. Oliy Majlisda yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

Qonun loyihasi bilan Amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish taklif etilmoqda. Xususan:

  • Tezlikni oshirish: Belgilangan harakat tezligini soatiga 80 kilometrdan ortiq belgilarga oshirgan haydovchilarga nisbatan nafaqat ma’muriy jarima qo‘llash, balki ularni transport vositasini boshqarish huquqidan (haydovchilik guvohnomasidan) mahrum qilish chorasi kiritilmoqda.

  • Avtomobilni olib qo‘yish va musodara qilish: Boshqaruv huquqiga ega bo‘lmagan yoki ushbu huquqdan ilgari mahrum etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan «yo‘l bezoriligi» uchun transport vositasini vaqtincha olib qo‘yish yoki musodara qilishning huquqiy mexanizmlari belgilanmoqda.

  • Alohida javobgarlik turlari: Noqonuniy avtopoygalarni tashkil etish va ularda ishtirok etish, voyaga yetmagan shaxslarga avtomobilni boshqarishga topshirish hamda yuk avtomobillarini tungi vaqtda harakatga xavf tug‘diruvchi holatda yo‘l chetida to‘xtatib qo‘yganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.

Deputatlar muhokamasi va infrastruktura masalalari

Muhokamalar jarayonida parlament a’zolari taklif etilayotgan jazo choralarining amaliyotdagi samaradorligi va inson huquqlariga mosligi yuzasidan savollarni o‘rtaga tashladi. Deputatlar faqat jazo choralarini kuchaytirish yetarli emasligini ta’kidlab, bir qator tashkiliy masalalarga e’tibor qaratish zarurligini bildirishdi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida chekka hududlardagi svetoforlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek, radar hamda tezlikni o‘lchovchi texnik vositalar haqida haydovchilarni oldindan ogohlantiruvchi belgilar va hududlarni to‘g‘ri joylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning iyun oyida YHXX boshlig‘i Sherzod Ibragimov idoralararo ishchi guruh tomonidan qo‘pol qoidabuzarliklar uchun avtotransportni vaqtincha olib qo‘yish va musodara qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, davlat rahbariga taqdim etilganini ma’lum qilgan edi.