Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Qozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqda

Qozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqda

Qozog‘iston 30-noyabrdan YeAII va Rossiya fuqarolari uchun QazETA elektron ruxsatnomasini majburiy qiladi. Ruxsatnoma narxi 3 900 tenge («taxminan 100 000 so‘m»)ni tashkil etadi.

Yangi joriy etilayotgan tartib vizasiz rejim amal qiladigan barcha davlatlar, jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlar hamda Rossiya Federatsiyasi fuqarolari uchun ham majburiy hisoblanadi.

Tizimga muvofiq, mamlakatga kirishni rejalashtirayotgan xorijliklar oldindan maxsus ariza topshirishi hamda belgilangan davlat bojini to‘lashi lozim. Ruxsatnoma narxi uni rasmiylashtirish vaqti va usuliga qarab farqlanadi. Xususan, chegarani kesib o‘tishdan kamida 72 soat oldin onlayn ariza topshirilganda to‘lov miqdori 3 900 tenge («taxminan 100 000 so‘m»)ni tashkil etadi. Agar fuqaro ruxsatnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri chegara nazorat-o‘tkazish punktida rasmiylashtirishni afzal ko‘rsa, to‘lov summasi deyarli ikki baravarga oshib, 7 600 tenge («taxminan 195 000 so‘m»)ga yetadi. Rasmiylashtirilgan elektron ruxsatnoma 180 kun davomida o‘z kuchini saqlab qoladi hamda ushbu davr ichida xorijlikka Qozog‘iston hududida umumiy hisobda 90 kungacha bo‘lish huquqini taqdim etadi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi hamda Raqamli rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raqamli nazorat tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Sinov rejimi 25-avgustdan start olgan bo‘lib, 1-noyabrgacha davom etadi. Avgust va oktabr oylari oralig‘ida ruxsatnomaning yo‘qligi mamlakatga kirishni taqiqlash uchun asos bo‘lmaydi. Birinchi noyabrdan e’tiboran tizim barcha xalqaro aeroportlarda majburiy tartibda ishlay boshlaydi. Rossiya va Qirg‘iziston bilan quruqlikdagi chegaralarda pullik ruxsatnoma talabi 30-noyabrdan kuchga kirsa, 15-dekabrdan boshlab temir yo‘l va dengiz portlari orqali kirib keluvchi barcha yo‘lovchilar uchun QazETA tizimi to‘liq shaklda tatbiq etiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish