So‘nggi:
O‘zbekistonda sertifikatlar uchun ball berish tartibi o‘zgaradiJamiyatKrishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldiSportRossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyot

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

«Paxtakor»ning Elita OChLdagi taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi 2-noyabr kuni o‘z maydonida Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan «Al-Nasr»ni qabul qiladi.

Toshkentning «Paxtakor» klubining Elita Osiyo Chempionlar ligasi asosiy bosqichidagi taqvimi rasman ma’lum bo‘ldi. Qur’a va taqvimga ko‘ra, poytaxt jamoasi joriy yilning 2-noyabr kuni o‘z maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubini qabul qiladi.

Ushbu uchrashuv turnirning 4-turi doirasida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Shu tariqa, dunyo futboli afsonasi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kutilayotgan navbatdagi tashrif sanasiga ham aniqlik kiritildi. Agarda Ronaldu «Al-Nasr» qaydnomasiga kiritilsa va maydonga tushsa, u 2009-yil 22-dekabrdan so‘ng ikkinchi bor Toshkentga keladi. Biroq futbolchining ushbu o‘yinda ishtirok etishi hozircha rasman tasdiqlanmagan.

«Pahtakor»ning Elit Chempionlar ligasidagi to‘liq taqvimi

Toshkent klubining guruh bosqichidagi o‘yinlar jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • 1-tur, 14-sentyabr: «Al-Ahli» – «Paxtakor»

  • 2-tur, 12-oktyabr: «Paxtakor» – «Al-Qodisiya»

  • 3-tur, 26-oktyabr: «Eyr Fors» – «Paxtakor»

  • 4-tur, 2-noyabr: «Paxtakor» – «Al-Nasr»

  • 5-tur, 23-noyabr: «Al-Ittihod» – «Paxtakor»

  • 6-tur, 7-dekabr: «Paxtakor» – «Traktor»

  • 7-tur, 8-fevral: «Paxtakor» – «Istiqlol»

  • 8-tur, 15-fevral: «Al-Hilol» – «Paxtakor»

Nima yuz berdi va Ronaldu Toshkentga qanday kelib qoladi?

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Chempionlar ligasi formatini isloh qildi va eng kuchli jamoalar uchun Elita bosqichini joriy etdi. «Paxtakor» saralash bosqichida Iordaniyaning «Al-Husayn» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etib, ushbu nufuzli musobaqaning asosiy bosqichiga yo‘llanma oldi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Toshkent klubiga raqib sifatida Saudiya Arabistonining yulduzli «Al-Nasr» jamoasi tushdi. Shu tariqa, 2022-yildan beri ushbu klub sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronaldu Rasmiy OChL o‘yini doirasida Toshkentga kelish imkoniyatiga ega bo‘ldi.