Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqda

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqda

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish bo‘yicha yangi reglament ishlab chiqdi. Xulosalar faqat elektron shaklda beriladi, IIV va Rospotrebnadzor esa 24 soat ichida xabardor qilinadi.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi xorijiy fuqarolarning giyohvand moddalar iste’moli, xavfli yuqumli kasalliklar hamda OIV (OIDA) bor-yo‘qligini tekshirish bo‘yicha tibbiy ko‘rik o‘tkazishning yangi proyektini ishlab chiqdi.

Hujjatga ko‘ra, tibbiy xulosalar faqat elektron shaklda rasmiylashtiriladi hamda Sog‘liqni saqlash yagona davlat axborot tizimiga (EGISZ) joylashtiriladi. Tibbiyot muassasalari ushbu ma’lumotlarni 24 soat ichida IIV va Rospotrebnadzor organlariga uzatishi shart bo‘ladi. Tizimda mavjud bo‘lmagan har qanday hujjat haqiqiy emas deb topiladi, bu esa soxta ma’lumotnomalar muomalasining oldini olishga xizmat qiladi.

Majburiy ko‘riklar va tibbiyot maskanlari reyestri

Shuningdek, shifokorga murojaat qilgan chet el fuqarosida giyohvand moddalar yoki xavfli infektsiya aniqlansa, tibbiyot muassasasi bu haqda huquq-tartibot organlariga xabar berishga majbur qilinadi. Bunday ko‘riklarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan shifoxonalar ro‘yxatini Roszdravnadzor tasdiqlaydi.

Ushbu tartib xorijliklarning Rossiyaga kirib kelganidan keyingi dastlabki 30 kun ichida, so‘ngra har yili majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini nazarda tutuvchi qonun doirasida ishlab chiqilgan. Tekshiruv bilan bog‘liq barcha xarajatlar xorijiy fuqaroning o‘z zimmasiga yuklatiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish