So‘nggi:
O‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsh haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyat

Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqda

Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqda

OFK Elit Chempionlar ligasi qur’asiga ko‘ra «Pahtakor» o‘z maydonida «Al-Nasr» hamda «Al-Ittihod» bilan o‘ynaydi. Bu Krishtianu Ronaldu va Karim Benzemaning Toshkentga kelishiga zamin yaratadi.

Osiyo Chempionlar ligasining yangilangan Elit bosqichi qur’a natijalariga ko‘ra, Toshkentning «Pahtakor» klubi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining ikki grands — «Al-Nasr» va «Al-Ittihod» jamoalarini qabul qiladi. Bu esa jahon futboli yulduzlari Krishtianu Ronaldu hamda Karim Benzemaning Toshkentga kelish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Toshkentliklar saralash bosqichida Iordaniyaning «Al-Husayn» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etib, asosiy bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Qur’a yakunlariga ko‘ra, «Pahtakor» ushbu Saudiya klublaridan tashqari Eronning «Istiqlol» hamda Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» jamoalari bilan ham kuch sinashadi.

Yulduzlarning Toshkentga tashrifi

Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema so‘nggi bor O‘zbekistonga 2009-yilning dekabr oyida kelishgan edi. O‘shanda Madridning «Real» klubida to‘p surgan har ikki futbolchi Toshkentdagi «Jar» stadionida yosh futbolchilar uchun mahorat saboqlarini o‘tib berishgan.

Agarda «Al-Nasr» va «Al-Ittihod» murabbiylar shtabi yulduzli lidersiz o‘yin o‘tkazishni rejalashtirmasa va futbolchilar jarohat olmasa, ular 17 yillik tanaffusdan so‘ng yana poytaxtimizga tashrif buyurishadi. Uchrashuvlarning aniq sanalari va o‘yinlar o‘tkaziladigan stadion nomi OFK tomonidan tez orada e’lon qilinadi.