Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda abituriyentlar imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkin

O‘zbekistonda abituriyentlar imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkin

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari natijalaridan norozi abituriyentlar 15-24-avgust kunlari my.uzbmb.uz orqali apellyatsiya shikoyati topshirishi mumkin. Arizalarni ko‘rib chiqish 19-avgustdan boshlanadi.

O‘zbekistonda 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Bilim va malakalarni baholash agentligi xabariga ko‘ra, arizalar 15-avgustdan 24-avgustga qadar (shu kuni ham) onlayn shaklda my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali qabul qilinadi.

Apellyatsiya shikoyatini faqat test sinovlarida qatnashgan va tartibni buzgani uchun imtihondan chetlashtirilmagan abituriyentlargina topshirish huquqiga ega.

Apellyatsiya arizasini yuborgan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan maxsus xabarnoma yuboriladi. Abituriyent belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ushbu xabarnoma bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga (yoki xabarnomada ko‘rsatilgan boshqa manzilga) yetib kelishi shart.

Arizalarni bevosita ko‘rib chiqish jarayonlari 2026-yilning 19-avgustidan e’tiboran boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) 15-avgust kuni rasman e’lon qilingan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish