Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Hindistonda giyohvand modda iste’mol qilgan sabab samolyot halokatga uchrashiga sal qoldi

Hindistonda Air India aviakompaniyasining A320 havo kemasi kapitani parvoz vaqtida marixuana ta’sirida bo‘lgan. Samolyot keskin pastlay boshlagan, ikkinchi uchuvchi va bort kuzatuvchilari fojianing oldini olib qolgan.

Air India aviakompaniyasining A320 yo‘lovchi samolyoti kapitani 4-avgust kungi parvoz vaqtida giyohvandlik vositasi ta’sirida bo‘lgani oqibatida parvoz deyarli fojia bilan yakunlanishiga sal qoldi. Bu haqda The Times of India nashriga tayanib TASS xabar bermoqda.

Noxush hodisa Pxuket – Nyu-Deli yo‘nalishidagi AI 2379 reysi chog‘ida sodir bo‘lgan. Kema kapitani kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotib, o‘z xizmat vazifalarini bajara olmay qolgan va unga bort kuzatuvchilari tomonidan zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Boshqaruvsiz qolgan layner keskin pastlay boshlagan. Oqibatda samolyot ichidagi 20 nafar yo‘lovchi hamda 4 nafar ekipaj a’zosi turli darajada jarohat olgan, ularning 17 nafari keyinchalik shifoxonaga yotqizilgan.

Fojianing oldini ikkinchi uchuvchi olib qolgan: u boshqaruvni o‘z qo‘liga olib, havo kemasini belgilangan manzilga muvaffaqiyatli qo‘ndirishga erishgan.

Dastlab aviakompaniya hodisaga kuchli turbulensizlik sabab bo‘lganini iddao qilib, haqiqiy sababni yashirishga urinishi aytilmoqda. Biroq o‘tkazilgan ekspertiza va surishtiruv natijasida kema kapitani marixuana iste’mol qilgani rasman o‘z tasdig‘ini topgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish