Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Afg‘onistonda 2,4 million qiz ta’lim olish imkonidan mahrum — YUNESKO

Afg‘onistonda 2,4 million qiz ta’lim olish imkonidan mahrum — YUNESKO

YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 2,4 million qiz ta’lim olish imkonidan mahrum. «Tolibon» hukumati ayollar ta’limi va huquqlariga qo‘yilgan taqiqlarni bekor qilish bo‘yicha xalqaro chaqiriqlarni e’tiborsiz qoldirmoqda.

Afg‘onistonda 2,4 millionga yaqin qiz o‘rta maktabda ta’lim olish imkoniyatidan butunlay mahrum etilgan. YUNESKO «Tolibon» ma’muriyatini ayollar ta’limiga qo‘yilgan cheklovlarni zudlik bilan bekor qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.

Tashkilot hisobotiga ko‘ra, maktabdan uzilib qolgan qizlar soni 2025-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 200 bin nafarga oshgan. BMT prognozlariga ko‘ra, 2030-yilga borib bu raqam 4 millionga yetishi mumkin. Afg‘oniston hozirda xotin-qizlarga o‘rta maktab va universitetlarda o‘qishni taqiqlagan dunyodagi yagona mamlakat bo‘lib qolmoqda. Shu sababli BMT mamlakatdagi mavjud tuzumni «gender aparteidi» deb atagan.

«Tolibon» hokimiyatga kelgach, ayollarning o‘g‘il bolalarga dars berishini ham taqiqladi. Buning natijasida ta’lim tizimida malakali ayol o‘qituvchilar tanqisligi yuzaga keldi. YUNESKO 2030-yilga borib mamlakatda 11 mingdan ortiq ayol pedagog yetishmasligini ta’kidlamoqda. Boshlang‘ich ta’limda ham ahvol achinarli: 2 milliondan ziyod bola maktabga bormaydi, 10 yoshli bolalarning 90 foizi oddiy matnni o‘qiy olmaydi.

Shuningdek, «Tolibon» tomonidan ayollarga nisbatan bir qator qat’iy taqiqlar joriy etilgan. Xususan, ayollarning BMT idoralarida ishlashi, erkak shifokorlarga uchrashishi, shifoxona va istirohat bog‘lariga yolg‘iz borishi, burqasiz davlat idoralariga kirishi hamda ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni efirga uzatish man etilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish