Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Surxondaryoda mast haydovchi va uning yaqinlari YPX xodimlariga tan jarohati yetkazdi

Surxondaryoda mast haydovchi va uning yaqinlari YPX xodimlariga tan jarohati yetkazdi

Angor tumanida mast haydovchi va uning qarindoshlari YPX xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohati yetkazdi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surxondaryo viloyati Angor tumanida xizmat vazifasini o‘tayotgan Yo‘l-patrul xizmati xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ularga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 9-avgust kuni yuz bergan. Angor tumanida Damas rusumli avtomobilni boshqarib borayotgan 39 yoshli T.U. YPX xodimlarini ko‘rib, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari haydovchini kuzatib, uning «Ilg‘or» mahallasida joylashgan xonadonigacha borgan. Haydovchi mashinadan tushib, yashirinishga urinayotgan vaqtida to‘xtatilgan. Xodimlar undan alkogol hidi kelayotganini payqab, tibbiy ko‘rikka olib ketmoqchi bo‘lgan.

Shu payt haydovchining uydan chiqib kelgan ukalari, turmush o‘rtog‘i va qo‘shnisi YPX xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati IIB tomonidan YPX xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish