Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda yetti oyda 146 kishi mehnatdagi baxtsiz hodisalar qurboni bo‘ldi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-iyul oylarida 529 ta mehnatdagi baxtsiz hodisa qayd etildi. Oqibatda 146 kishi halok bo‘ldi, 402 kishi og‘ir jarohat oldi. Eng ko‘p holat Toshkentda kuzatilgan.

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-iyul oylari davomida mehnat faoliyati bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hodisalarning 24 tasi guruhli, 372 tasi og‘ir oqibatli va 132 tasi olim bilan yakunlangan.

Ushbu davrda jami 580 nafar fuqaro jarohatlangan yoki halok bo‘lgan. Xususan, 146 kishi ish joyidagi baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etgan, 402 kishi og‘ir hamda 22 kishi yengil tan jarohati olgan.

Ko‘ngilsiz hodisalarning eng ko‘p ulushi sanoat (168 holat) va qurilish (159 holat) sohalariga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatishda 22 ta, transport va logistikada 20 ta, sog‘liqni saqlashda 16 ta, qishloq va suv xo‘jaligida 15 ta hamda ta’lim sohasida 14 ta baxtsiz hodisa ro‘yxatga olindi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (95 holat) kuzatildi. Keyingi o‘rinlardan Toshkent viloyati (58 holat), Qashqadaryo (38 holat), Buxoro (34 holat), Andijon va Samarqand (33 tadan) hamda Navoiy viloyatlari (31 holat) joy oldi.

Yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash, bir martalik hamda oylik to‘lovlar hisobidan jabrlanganlar va ularning oilalariga 11 milliard 379 million so‘m mablag‘ undirib berildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish