Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonliklar AQSh qishloq xo‘jaligiga H-2A vizasi bo‘yicha mavsumiy ishga jalb etiladi

O‘zbekistonliklar AQSh qishloq xo‘jaligiga H-2A vizasi bo‘yicha mavsumiy ishga jalb etiladi

Migratsiya agentligi hamda AQShning yirik rekruting kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Fuqarolar H-2A vizasi doirasida qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga yuboriladi.

Migratsiya agentligi va AQShning xorijiy ishchilarni qishloq xo‘jaligi sohasiga jalb qilishga ixtisoslashgan yirik rekruting kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Tomonlar H-2A vizasi dasturi doirasida O‘zbekiston fuqarolarini AQShga mavsumiy ishlarga tayyorlash hamda ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Loyiha doirasida quyidagi choralar amalga oshiriladi:

  • Amerika ish beruvchilarining talablariga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;

  • Ingliz tili va kasbiy tayyorgarlik kurslarini tashkil etish;

  • Nomzodlarning amaliy ko‘nikmalarini baholash hamda birgalikda sertifikatlash;

  • Ishchilarni saralash va yuborishning shaffof mexanizmlarini joriy etish.

Migratsiya agentligi nomzodlarni saralash, ularni AQSh mehnat qonunchiligi va mehnat sharoitlari bo‘yicha tayyorlash hamda shartnoma yakunlangach fuqarolarning vatanga o‘z vaqtida qaytishini nazorat qilish uchun mas’ul bo‘ladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqidagi ma’lumotlar «Xorijda ish» Telegram-kanalida e’lon qilib boriladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish