Xitoyda 15-sentyabrdan kirish va chiqish bo‘yicha yangi tartib kuchga kiradi. Chegara nazorati hamda kirish hujjatlarini rasmiylashtirish talablari aniqlashtirildi.
Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan fuqarolarning mamlakatga kirishi va undan chiqishi qoidalarini yangilovchi qarorni imzoladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 15-sentyabrdan kuchga kiradigan ushbu hujjat migratsiya hamda chegara nazoratini takomillashtirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va milliy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.
Yangi reglamentga muvofiq, mamlakatga kirish va undan chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish talablari, chegara cheklovlari hamda vizalar va immigratsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi vositachilar faoliyati tartibi aniqlashtirildi. Shuningdek, chegara nazoratidan o‘tish jarayonida va tegishli idoralar tomonidan xorijiy yo Yo‘nalishlardagi xavfsizlik tavakkalchiliklari haqida rasmiy ogohlantirishlar berib boriladi.
Tahlilchilar va xorijiy OAV hujjatda kirish-chiqish qoidalarini amaliyotda qo‘llash mexanizmlari to‘liq ochiqlanmaganiga e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga, Rasmiy Pekin yangi me’yorlar faqatgina chegarani kesib o‘tish tartibini standartlashtirish hamda fuqarolarning qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida joriy etilayotganini ta’kidlamoqda.





