Sun’iy intellekt xatosi sabab AQSH harbiylari Xitoy kemasiga hujum qilishiga bir baxya qoldiDunyoToshkentda abituriyentlar o‘rniga SAT topshirgan talabalar «bunkeri» fosh etildiJamiyatToshkent — Nukus yo‘nalishida tezurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatdam olish kunlari harorat +37 darajagacha ko‘tariladi va chang-to‘zon kuzatiladiJamiyatPedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiJamiyatShohruh Nosirov Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. etib tayinlandiJamiyatO‘zbekiston 1500 km masofaga ucha oladigan kamikadze dronini ishlab chiqdiJamiyatBMW’da YPX xodimini urib o‘ldirgan 16 yoshli Doniyor Turg‘unovga 2 yilga qamaldiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi oldidan Kallibek Kamalov xonadonida bo‘ldiJamiyatYangi xalqaro aeroport qurilishi sabab Toshkent viloyatidagi yettita qabriston ko‘chiriladiJamiyat

O‘zbekiston orbitaga Samarkand-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

O‘zbekiston orbitaga Samarkand-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

O‘zbekiston Xitoyning Star Vision kompaniyasi bilan birgalikda yer resurslarini masofadan zonduvchi sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi. Qurilmaga Uzcosmos sun’iy intellekt moduli o‘rnatilgan.

Bugun, 5-avgust kuni O‘zbekiston va Xitoyning Star Vision kompaniyasi hamkorligidagi Samarkand-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli ravishda orbitaga olib chiqildi. Kosmik apparat Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlaridagi dengiz start platformasidan uchirildi.

Ushbu sun’iy yo‘ldoshning boshqa apparatlardan asosiy afzalligi shundaki, unga Uzcosmos mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt moduli o‘rnatilgan. Ushbu texnologiya olingan ma’lumotlarni bevosita koinotning o‘zida qayta ishlash imkonini beradi va tezkorlikni keskin oshiradi. Toplangan ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini nazorat qilish, ekologik monitoring hamda boshqa sohalarda qo‘llaniladi.

Sun’iy yo‘ldoshga Samarkand-2028 nomi 2028-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressi (IAC) sharafiga berilgan. Hozirda O‘zbekiston 2028-yilda uchirilishi rejalashtirilgan “Mirzo Ulug‘bek” nomli birinchi ilmiy sun’iy yo‘ldosh ustida ish olib bormoqda, shuningdek, mamlakatimizning ilk kosmonavtini koinotga yuborish loyihasi ham ko‘rib chiqilmoqda.