Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Qozog‘iston chet el fuqarolari uchun mamlakatga kirishga pullik ruxsatnoma joriy etishi mumkin

Qozog‘iston chet el fuqarolari uchun mamlakatga kirishga pullik ruxsatnoma joriy etishi mumkin

Qozog‘iston IIV chet elliklarga kirish uchun elektron ruxsatnoma berish loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Hujjat qabul qilinsa, O‘zbekiston fuqarolari uchun ham kirish pullik bo‘ladi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi immigrantlarning mamlakatga kirishi, bo‘lib turishi va chiqib ketishi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. Jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirilgan ushbu hujjat xorijliklar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun elektron kirish ruxsatnomasini joriy etishni ko‘zda tutadi.

Ushbu elektron ruxsatnomani rasmiylashtirish pullik asosda amalga oshiriladi. Vazirlik bergan izohga ko‘ra, undirilgan mablag‘lar migratsiya raqamli platformasining texnik ta’minotini yaxshilash hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish tizimlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Loyihaning muhokamasi 2026-yil 17-avgustga qadar davom etadi. Hujjat tasdiqlangan taqdirda, chegara o‘tkazish punktlarida yangi tizimni bosqichma-bosqich joriy etish avgust-dekabr oylari oralig‘ida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Yangi tartib Qozog‘istonga tashrif buyuradigan barcha chet elliklarga, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolariga ham taalluqli bo‘ladi. Mazkur islohotlar mamlakatda migratsiya nazoratini raqamlashtirish bo‘yicha topshiriqlar hamda qonunchilik talablari doirasida ishlab chiqilgan. Hozirda ushbu hujjat faqat loyiha bosqichida bo‘lib, u bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilingani yo‘q.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish