Toshkentda hovlida navbatdagi Zeekr 001 yonib ketdiJamiyatAlisher Navoiy kutubxonasi ortida avtoturargoh va baggiga ega park zonasi barpo etiladiJamiyatWildberries Zangiota tumanida 67,3 gektar maydonda yangi omborxona majmuasini barpo etadiJamiyatToshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladiJamiyatMirziyoyev Putinni «Yedinaya Rossiya»ning Davlat Dumasiga saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladiSiyosatQashqadaryoda 14 yoshli o‘g‘lini 45 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 3 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekiston banklarining sof foydasi bir yilda 68 foizga oshib 12 trillion so‘mdan oshdiIqtisodiyotO‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha quruq va iliq ob-havo hukm suradiJamiyatO‘zbekistonda talabalar uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddati uzaytirildiJamiyatToshkentda bank mas’ullari fuqaroning 300 ming dollar omonatini o‘zlashtirgani aniqlandiJamiyat

Shahrisabz hokimi fuqaroning xonadoniga kirib, tartibsizlik uchun jarima solish bilan tahdid qildi

Shahrisabz hokimi fuqaroning xonadoniga kirib, tartibsizlik uchun jarima solish bilan tahdid qildi

Tarmoqlarda Shahrisabz tumani hokimining fuqaro xonadoniga kirib, uy ozodaligini tanqid qilgani va jarima solishni buyurgani aks etgan video tarqaldi. Hokimlik holat yuzasidan izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanovning fuqaro xonadoniga kirib borib, uy egasini turmush tarzini tanqid qilgani va jarimaga tortishni buyurgani aks etgan videotasvir tarqaldi va jamoatchilik e’roziga sabab bo‘ldi.

Videoda tuman hokimi va mahalla raisi xonadon sohibiga uy va uning atrofini qanday tutish kerakligini uqtirgani, xonadonning sanitariya holatini tanqid qilgani ko‘rinadi. Hokim fuqaroning tushda dam olayotganini ham malomat qilib, xonadon sharoitini o‘z ro‘zg‘ori bilan solishtirgan hamda ushbu uydan hech kim kelin olmasligini ta’kidlagan. Shuningdek, u holat aks etgan tasvirlar mahallaning Telegram guruhiga joylanishini aytgan va yakunda mas’ullarga fuqaroni ko‘cha, uy va axlat uchun jarimaga tortishni buyurgan.

Aks-sado bergan videodan so‘ng Shahrisabz tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. Hokimlik axborotiga ko‘ra, tuman hokimi Shamaton mahallasidagi o‘rganishlar vaqtida tashlandiq uyni eslatuvchi xonadonga e’tibor qaratgan. Mahalla raisi u yerda nogironligi bor keksalar yashashini aytganidan so‘ng, hokim ularning holidan xabar olmoqchi bo‘lgan. Biroq mahalla raisi adashib, yonma-yon joylashgan qo‘shni xonadonni ko‘rsatib qo‘ygan.

Tuman hokimligi rasmiylari muloqot xonadon egasining ruxsati bilan bo‘lganini, tasvirlar hokimlik matbuot xizmati tomonidan emas, mahalla yettiligi vakillari tomonidan ishchi guruhga tashlanganini bildirdi. Xabarda ta’kidlanishicha, yuzaga kelgan holat mahalla raisining adashishi sababli ro‘y bergan tushunmovchilik bo‘lib, fuqaroni kamsitish yoki uning shaxsiy daxlsizligini buzish maqsadi ko‘zlanmagan.