Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

New Port turar joy majmualari quruvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

New Port turar joy majmualari quruvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda Mega Logistics Servise kompaniyasi fuqarolarning uyini noqonuniy buzib, ruxsatsiz ko‘p qavatli uylar qurgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahar prokuraturasi Yakkasaroy tumanida joylashgan New Port turar joy majmuasi quruvchisi — Mega Logistics Servise MChJga nisbatan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Aniqlanishicha, tashkilot mas’ul shaxslari Damariq MFY, A. Qahhor ko‘chasidagi 19-uyda yashovchi fuqarolarni majburiy ko‘chirish jarayoni yakunlanmasdan turib, ushbu xususiy xonadonni o‘zboshimchalik bilan buzib tashlagan.

O‘rganishlar davomida noqonuniy ravishda buzilgan xonadon o‘rnida tegishli ruxsatnomalar olinmasdan bitta 20 qavatli, ikkita 19 qavatli, bitta 12 qavatli hamda bitta 2 qavatli turar joy binolari noqonuniy ravishda qurib bitkazilgani aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan Mega Logistics Servise MChJ xodimlari hamda boshqa aloqador shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va jarayon alohida nazoratga olingan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish