So‘nggi:
Qashqadaryoda OIV yuqtirgan shaxsga soxta xulosa berish uchun pora olganlar ushlandiJamiyatToshkentda avtobus bekatda turgan elektrobusga borib urildiJamiyatToshkentda evakuatsiya va jarima maydonchasi xizmatlarining cheklangan narxlari belgilanadiJamiyatNew Port turar joy majmualari quruvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatToshkentning o‘nta tumani xokimlariga nisbatan aksilkorrupsion surishtiruv boshlandiJamiyatUzgidromet avgust oyining birinchi haftasi uchun ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatO‘zbekistonda olti oy ichida 111 kishi suvga cho‘kib halok bo‘ldiJamiyatShavkat Mirziyoyev aholini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdiSiyosatYevropada so‘nggi 20 yildagi ilk to‘liq quyosh tutilishi kuzatiladiDunyoO‘zbekiston maktablariga ota-onalar va begona shaxslar kirishi cheklanadiJamiyat

Toshkentning o‘nta tumani xokimlariga nisbatan aksilkorrupsion surishtiruv boshlandi

Toshkentning o‘nta tumani xokimlariga nisbatan aksilkorrupsion surishtiruv boshlandi

Toshkent shahar tumanlari xokimlariga nisbatan keng ko‘lamli xizmat tekshiruvi boshlandi. Shahar komissiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdimnomasi asosida ish olib bormoqda.

Poytaxt hokimligida yirik aksilkorrupsion surishtiruv ishlari boshlandi. Toshkent shahar hokimining tegishli farmoyishiga binoan, bir yo‘la o‘nta tuman hokimi faoliyati bo‘yicha rasmiy xizmat tekshiruvi tayinlandi. Ushbu doiradagi surishtiruvlarga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2026-yil 22-iyul kuni kiritilgan rasmiy taqdimnoma asos bo‘ldi.

E’lon qilingan hujjatga ko‘ra, tekshiruvlar poytaxtning deyarli barcha asosiy hududlarini qamrab oladi. Xususan, Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod hamda Yashnobod tumanlari hokimlari ustidan xizmat surishtiruvlari o‘tkazilmoqda. Hozirda maxsus guruh vakillari mahalliy hokimliklar faoliyatidagi ehtimoliy qoidabuzarliklar va suiiste’molliklarni o‘rganishga kirishgan.

Holatlarni har tomonlama va xolisona o‘rganib chiqish maqsadida Sh. Turdiqulov rahbarligida shahar komissiyasi tuzildi. Komissiya raisiga Agentlik taqdimnomasida keltirilgan har bir vajni atroflicha tahlil qilish, zarur hollarda boshqa tashkilot hamda idoralarning malakali mutassislarini jalb etish va o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlash topshirildi.

O‘rganish natijalari ushbu tumanlar rahbarlarining keyingi taqdirini hal qiladi. Ushbu xizmat tekshiruvining o‘tkazilish jarayoni va ijrosi ustidan nazorat qilish shahar hokimining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari M. Mirxamidovga topshirildi.