O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev aholini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi

Shavkat Mirziyoyev aholini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi

Shavkat Mirziyoyevga «O‘zbekneftgaz» AJ faoliyati bo‘yicha hisobot berildi. Prezident neft va gaz bilan uzluksiz ta’minlash hamda geologiya-qidiruv ishlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Joriy yilning dastlabki olti oyida jamiyat tomonidan 11,5 milliard kub metr tabiiy gaz qazib chiqarildi. Neft, dizel yonilg‘isi, aviakerosin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi belgilangan prognoz ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘ldi. Yil yakuniga qadar esa 1 million 100 ming tonna avtobenzin, 983 ming tonna dizel, 310 ming tonna aviakerosin, 606 ming tonna suyultirilgan gaz va qariyb 1 million 180 ming tonna sintetik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Aviakerosinga talab oshmoqda: Geosiyosiy vaziyat sabab Markaziy Osiyo va O‘zbekistonga aviaqatnovlar soni ko‘paygani kuzatilmoqda. Iyul-dekabr oylarida aviakerosinga bo‘lgan talab 375 ming tonnani tashkil etishi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27% o‘sish) kutilmoqda. Ayrim hamkor davlatlar eksportga cheklov qo‘ygani bois, Gruziya, Iroq va boshqa muqobil manbalardan aviakerosin import qilish yo‘lga qo‘yildi.

38,8 million dollarlik modernizatsiya va AI texnologiyalari: Geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish maqsadida «O‘zbekgeofizika» AJni modernizatsiya qilish uchun 38,8 million dollar yo‘naltiriladi. AQSHning Schlumbergerkompaniyasi bilan hamkorlikda seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etilib, sun’iy intellekt va superkompyuter majmuasidan keng foydalaniladi.

  • 3D seysmik tadqiqotlar maydoni: 1 800 kv.km dan 5 000 kv.km ga yetkaziladi;

  • O‘rganish chuqurligi: 4,5 ming metrdan 8 ming metrga chuqurlashadi;

  • Istiqbolli kon tuzilmalari: 19 tadan 30 taga oshadi.

Davlat rahbari aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish