So‘nggi:
O‘zbekistonda olti oy ichida 111 kishi suvga cho‘kib halok bo‘ldiJamiyatShavkat Mirziyoyev aholini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdiSiyosatYevropada so‘nggi 20 yildagi ilk to‘liq quyosh tutilishi kuzatiladiDunyoO‘zbekiston maktablariga ota-onalar va begona shaxslar kirishi cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda 234 mingdan ortiq abituriyent eng kam o‘tish ballini ham to‘play olmadiJamiyatO‘zbekistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun cezolar kuchaytirildiJamiyatXitoyga KDRdan minglab tonna uran yashirincha yetkazib berilgani ma’lum bo‘ldiDunyoUzAuto Motors Captiva, Cobalt va Damas modellariga 45 mln so‘mgacha chegirmalar e’lon qildiJamiyatToshkentda IT-mutaxassis o‘zi ishlaydigan firmadan 1 mlrd so‘mdan ortiq pulni o‘g‘irlab ketdiJamiyatFarg‘onada «Inson» markazi xodimi o‘t o‘radigan moslama tig‘i tegib halok bo‘ldiJamiyat

Yevropada so‘nggi 20 yildagi ilk to‘liq quyosh tutilishi kuzatiladi

Yevropada so‘nggi 20 yildagi ilk to‘liq quyosh tutilishi kuzatiladi

2026-yil 12-avgust kuni Yevropaning bir qismida to‘liq quyosh tutilishi sodir bo‘ladi. Noyob astronomik hodisa Grenlandiya, Islandiya va Ispaniyada ko‘rinadi.

2026-yilning 12-avgust kuni Yevropaning bir qator hududlarida noyob va hayratlanarli astronomik hodisa — to‘liq quyosh tutilishi kuzatiladi. Ushbu hodisani Grenlandiya, Islandiya, Ispaniyaning shimoliy qismi hamda Portugaliyaning shimoli-sharqiy hududlari aholisi bevosita tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Yevropa kosmik agentligi (ESA) ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniyaning shimoliy hududlari quyosh tutilishini kuzatish uchun eng qulay va aniq ko‘rinadigan joylardan biriga aylanadi. Bu ko‘plab yevropaliklar uchun so‘nggi 20 yil ichidagi birinchi shunday imkoniyatdir.

«Quyoshning to‘liq tutilishi — millionlab insonlar birgalikda osmonga qarab, ham hayrat, ham qiziqish hissini tuya oladigan noyob lahzalardan biridir», — deydi ESA ilmiy direktori professor Karol Mundell.

Ko‘z sog‘lig‘i uchun jiddiy ogohlantirish: Astronomlar va Kanar orollari Astrofizika instituti mutaxassislari Quyoshga oddiy ko‘z bilan qarash juda xavfli ekanligidan ogohlantirmoqda. Quyoshga faqat tutilishning to‘liq fazasi vaqtida — disk Oy tomonidan butunlay to‘silgan qisqa davr ichidagina xavfsiz qarash mumkin.

Boshqa barcha vaqtlarda, hatto quyosh diskining kichik bir qismi ochiq qolgan taqdirda ham, nurlar ko‘z to‘r pardasiga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun kuzatish jarayonida ISO 12312-2 xalqaro standartiga mos keluvchi maxsus himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish shart. Oddiy quyosh ko‘zoynaklari ko‘rish qobiliyatining keskin yomonlashishi yoki uning to‘liq yo‘qolishidan himoya qila olmaydi.

O‘zbekistonda kuzatiladimi? Afsuski, O‘zbekiston aholisi 12-avgust kuni sodir bo‘ladigan ushbu to‘liq quyosh tutilishini kuzata olmaydi. Mamlakatimiz hududida navbatdagi muhim va yirik astronomik hodisa 2027-yil 2-avgustdakutilmoqda — o‘shanda XXI asrning eng uzoq davom etadigan to‘liq quyosh tutilishi sodir bo‘ladi.