So‘nggi:
O‘zbekiston maktablariga ota-onalar va begona shaxslar kirishi cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda 234 mingdan ortiq abituriyent eng kam o‘tish ballini ham to‘play olmadiJamiyatO‘zbekistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun cezolar kuchaytirildiJamiyatXitoyga KDRdan minglab tonna uran yashirincha yetkazib berilgani ma’lum bo‘ldiDunyoUzAuto Motors Captiva, Cobalt va Damas modellariga 45 mln so‘mgacha chegirmalar e’lon qildiJamiyatToshkentda IT-mutaxassis o‘zi ishlaydigan firmadan 1 mlrd so‘mdan ortiq pulni o‘g‘irlab ketdiJamiyatFarg‘onada «Inson» markazi xodimi o‘t o‘radigan moslama tig‘i tegib halok bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda hayvonlarni majburiy identifikatsiya qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etiladiJamiyatMarkaziy Osiyoda yagona sayyohlik vizasini joriy etish taklif qilindiSiyosatO‘zbekistonda bog‘chalarda ishlayotgan pedagoglar uchun dual ta’lim tartibi joriy etilishi mumkinJamiyat

O‘zbekistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun cezolar kuchaytirildi

O‘zbekistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun cezolar kuchaytirildi

O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jarimalar oshirildi, takroriy huquqbuzarlik uchun esa 15 sutkagacha ma’muriy qamoq yoki jinoiy javobgarlik belgilandi.

O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik choralari va jarima miqdorlari sezilarli darajada kuchaytirildi. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 28-iyundan e’tiboran kuchga kirgan qonunchilikdagi ushbu muhim o‘zgarishlar haqida eslatib o‘tdi.

Yangi tartibga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi bo‘yicha belgilanadigan jazo choralari quyidagicha oshirildi:

  • Birinchi marta sodir etilganda: Ilgari BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha bo‘lgan bo‘lsa, endilikda BHMning 7 baravaridan (2,88 mln so‘m) 10 baravarigacha (4,12 mln so‘m) miqdorida jarima solinadi;

  • Takroriy sodir etilganda: BHMning 15 baravaridan (6,18 mln so‘m) 25 baravarigacha (10,3 mln so‘m) jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi;

  • Huquqbuzarlik davom ettirilgan taqdirda: Fuqarolarga nisbatan oylik va erkinlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva bunday qonunlar nafaqat aybdorlarni jazolashi, balki jamiyat uchun qaysi qadriyat va qoidalar majburiy ekanligini ko‘rsatib berishini ta’kidladi.

«Jamiyatimiz xavfsizligi zo‘ravonlikka nisbatan toqatsizlikka doir qarashlarga bevosita bog‘liq. Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazoni kuchaytirish har qanday hayotga hurmat bilan qarash mutlaq normaga aylanadigan muhitni shakllantirishga yordam beradi. Diling tusaydigan va farzandlaringni tarbiyalashni xohlaydigan dunyo aynan shunday bo‘lishi kerak.

O‘zga hayotga hurmat bolalikdan boshlanadi va bu o‘rinda asosiy rol ota-onalarga tegishli. Aynan ular bolaga ojizni xafa qilish mumkin emasligini, kuchni esa shafqatsizlik bilan isbotlab bo‘lmasligini o‘rgatadilar. Men ota-onalarni buni hech qachon unutmaslikka chaqiraman», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z xabariga Administratsiya binosida yashaydigan Yalpiz va Darxon ismli ikkita mushuk tasvirlangan qisqa videoni ham ilova qildi.