So‘nggi:
O‘zbekistonda hayvonlarni majburiy identifikatsiya qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etiladiJamiyatMarkaziy Osiyoda yagona sayyohlik vizasini joriy etish taklif qilindiSiyosatO‘zbekistonda bog‘chalarda ishlayotgan pedagoglar uchun dual ta’lim tartibi joriy etilishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda 2026-yil 1-avgustdan nimalar o‘zgaradiJamiyatToshkentda 2,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda 1,2 mln xodim oyiga 1,3 mln so‘mgacha maosh olmoqdaIqtisodiyotAndijonda mushuk bolasini devordan oshirib otgan yoshlarga 4,12 mln somdan jarima solindiJamiyat6G texnologiyasi devor orqasini ko‘rish va inson pulsini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘ladi — HeuteDunyoSaida Mirziyoyeva Toshkentdagi noqonuniy qurilishlarni keskin tanqid qildiSiyosatDam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyat

Markaziy Osiyoda yagona sayyohlik vizasini joriy etish taklif qilindi

Markaziy Osiyoda yagona sayyohlik vizasini joriy etish taklif qilindi

Qirg‘iziston prezidenti Sadyr Japarov Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Shengen analogi bo‘yicha yagona sayyohlik vizasini yaratish tashabbusi bilan chiqdi. Loyihani O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘llab-quvvatladi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadyr Japarov Cho‘lpon-ota shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining norasmiy maslahat uchrashuvida Shengen vizasi analogi bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun yagona sayyohlik vizasini yaratish taklifini ilgari surdi.

Japarovning ta’kidlashicha, ushbu loyihani O‘zbekiston va Qozog‘iston tomoni allaqachon qo‘llab-quvvatlagan. Kelgusida ushbu mexanizmga mintaqaning boshqa davlatlari ham qo‘shilishi kutilmoqda.

Agarda ushbu tashabbus to‘liq hayotga tatbiq etilsa, xorijiy sayyohlar bittagina vizani rasmiylashtirgan holda Butun Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab erkin harakatlanish va sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Qirg‘iziston rahbarining fikricha, yagona viza tizimi Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy shaharlari, noyob tabiat manzaralari hamda boy madaniy merosini o‘zida jamlagan butun mintaqaning turizm salohiyatini to‘liq namoyon etishga xizmat qiladi.