Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Oq uy Green Card oluvchilar uchun yirik pul garovi joriy etishni muhokama qilmoqda — WSJ

Oq uy Green Card oluvchilar uchun yirik pul garovi joriy etishni muhokama qilmoqda — WSJ

Wall Street Journal xabariga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti Green Card rasmiylashtirishda moliyaviy garov undirish loyihasini tayyorlamoqda. Bu chora kam daromadli immigratsiya oqimini cheklashga qaratilgan.

Oq uyda ayrim toifadagi arizachilar uchun Green Card (doimiy yashash huquqi) rasmiylashtirish jarayonida yirik miqdorda pul garovi kiritishni majburiy qilish tashabbusi muhokama qilinmoqda. Wall Street Journal nashrining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh Davlat departamenti kam daromadli immigrantlar oqimini qisqartirish maqsadida ushbu loyihani ishlab chiqmoqda.

WSJ suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, garovning yakuniy summasi hali qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Dastlabki bosqichda Davlat departamenti ushbu yangi mexanizmni cheklangan mamlakatlar ro‘yxatida pilot loyiha sifatida sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Rejaga ko‘ra, kiritilgan mablag‘lar AQSh bank hisoblarida muzlatiladi va arizachilarga faqat rasman AQSh fuqaroligini olganlaridan keyingina qaytariladi. Bu jarayon odatda kamida besh yil vaqt oladi. Moliyaviy garov xorijiy fuqaro ko‘chib o‘tgach, ijtimoiy yordam tizimiga yuk bo‘lmasligi hamda o‘zini mustaqil ta’minlay olishining kafolati vazifasini o‘taydi.

Davlat departamenti vakili Tommi Pigott idora Bo‘lajak immigrantlarning moliyaviy mustaqilligi bo‘yicha Donald Tramp qo‘ygan talablarga muvofiq Immigratsiya va fuqarolik haqidagi qonun normalarini tahlil qilayotganini tasdiqladi.

Ta’kidlash joizki, may oyida AQSh rasmiylari immigratsiya siyosatini sezilarli darajada qat’iylashtirgan edi. Endilikda xorijliklar doimiy yashash guvohnomasini olish uchun hujjatlarni faqat Qo‘shma Shtatlar hududidan tashqarida topshirishlari shart. Ushbu qoidadan faqat AQSh uchun alohida iqtisodiy naf keltiradigan yoki milliy manfaatga ega bo‘lgan shaxslar mustasno qilingan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish