Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkentda pullik avtoturgohlarga haq to‘lamaganlik uchun 880 ming so‘mgacha jarima solish taklif qilindi

Toshkentda pullik avtoturgohlarga haq to‘lamaganlik uchun 880 ming so‘mgacha jarima solish taklif qilindi

Toshkent shahar hokimligi pullik avtoturgohlarga haq to‘lamaganlik uchun jarima joriy etish bo‘yicha MJtKga o‘zgartirishlar kiritish loyihasini tayyorladi. Jarima miqdori 2 BHM (880 ming so‘m)ni tashkil qilishi kutilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi yo‘l bo‘yidagi pullik avtoturgohlarga o‘z vaqtida haq to‘lamagan yoki to‘lovdan qasddan bo‘yin tovlagan haydovchilarni javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda. Buning uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga (MJtK) tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi.

Poytaxt ma’muriyatiga ko‘ra, haq to‘lamaganlik uchun jarima va nazorat mexanizmining joriy etilishi pullik avtoturgohlar tizimining to‘liq va samarali ishlashi uchun zaruriy choradir. Tizim vositalarisiz yo‘l infratuzilmasidan tartibli foydalanishni ta’minlash qiyin kechmoqda.

Loyiha doirasida quyidagi asosiy o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan:

  • Yangi modda: Kodeksni bevosita pullik avtoturgohlardan foydalanish va to‘lov qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilovchi 128-11-modda bilan to‘ldirish taklif etilmoqda;

  • Jarima miqdori: O‘z vaqtida to‘lov qilmaganlik yoki undan bo‘yin tovlaganlik uchun 2 bazaviy hisoblash miqdori (BHM) miqdorida jarima belgilanishi kutilmoqda. 1-sentabrdan BHM miqdori oshishini inobatga olganda, jarima summasi 880 ming so‘mni tashkil etadi;

  • Imtiyozlar: Qonunchilikka muvofiq pullik to‘xtash joylaridan bepul yoki imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.

Hokimiyat vakillarining ta’kidlashicha, yangi choralar poytaxt ko‘chalarida avtomobilchilar intizomini oshirish, tirbandliklarning oldini olish va cheklangan to‘xtash joylaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. Hozirda ushbu hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasida bo‘lib turibdi va tushgan takliflar asosida takomillashtiriladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish