31-iyul kuni soat 16:13 da Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Yer silkinishi poytaxtning bir qator tumanlarida 2-3 ballgacha sezildi.
Seysmologlar ma’lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 5 km chuqurlikda bo‘lib, magnitudasi 2,8 ni tashkil etgan. Zilzila эпи markazi poytaxt Toshkent shahridan 11 km shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda joylashgan. Yer osti zarbalari poytaxtning turli tumanlarida va atrof hududlarda sezilgan.
Poytaxt tumanlari bo‘yicha sezilish darajasi quyidagicha bo‘ldi:
-
Uchtepa tumani: 3 ball (эпи markazdan 6 km);
-
Shayxontohur tumani: 2–3 ball (8 km);
-
Chilonzor tumani: 2–3 ball (9 km);
-
Olmazor tumani: 2 ball (10 km);
-
Zangiota tumani (Toshkent viloyati): 2 ball (11 km);
-
Yakkasaroy tumani: 2 ball (13 km);
-
Sergeli tumani: 2 ball (15 km);
-
Mirobod tumani: 2 ball (15 km);
-
Yunusobod tumani: 2 ball (15 km).
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yer silkinishi natijasida talafotlar va jabrlanganlar haqida axborot kelib tushmadi. Mutaxassislar ushbu ko‘rsatkichdagi seysmik faollik shahar infratuzilmasiga hech qanday xavf tug‘dirmasligini ta’kidlamoqda.





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q