So‘nggi:
Toshkentda 2,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda 1,2 mln xodim oyiga 1,3 mln so‘mgacha maosh olmoqdaIqtisodiyotAndijonda mushuk bolasini devordan oshirib otgan yoshlarga 4,12 mln somdan jarima solindiJamiyat6G texnologiyasi devor orqasini ko‘rish va inson pulsini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘ladi — HeuteDunyoSaida Mirziyoyeva Toshkentdagi noqonuniy qurilishlarni keskin tanqid qildiSiyosatDam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatO‘zbekistonning 15 ta tumanida gaz va elektr muammolarini hal etish bo‘yicha maxsus shtablar tuzildiIqtisodiyotToshkentda kichik biznesga bo‘sh turgan davlat mulklari 10 yilgacha bepul foydalanishga beriladiIqtisodiyotOq uy COVID-19 pandemiyasi, Uxan laboratoriyasi va cheklovlar samarasizligi haqida yangi hisobotni e’lon qildiDunyoCholpon-Otada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdiSiyosat

6G texnologiyasi devor orqasini ko‘rish va inson pulsini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘ladi — Heute

6G texnologiyasi devor orqasini ko‘rish va inson pulsini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘ladi — Heute

Avstriyaning Heute nashri xabariga ko‘ra, 6G texnologiyasi nafaqat internet tezligini oshiradi, balki global radar vazifasini ham o‘taydi. Yangi aloqa standarti insonlarni nafas olishi, yurak urishi va yurishidan devor ortida ham tanib olish imkonini beradi.

Avstriyaning Heute nashri chop etgan maqolaga ko‘ra, yangi avlod aloqa minoralari hamda foydalanuvchilarning smartfonlari amalda yuqori aniqlikdagi radarlar tizimiga aylanadi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, 6G standartining asosiy xususiyatlaridan biri radio signallar orqali obyektlarni sezish va ularning joylashuvini aniqlash (ISAC — Integrated Sensing and Communication) texnologiyasidir. Bu tizim insonning yonida smartfon yoki boshqa moslama bo‘lmagan taqdirda ham uning harakatlarini kuzatish imkonini beradi. Tizim radio toqlqinlarining qaytishi orqali insonni uning o‘ziga xos nafas olish ritmi, yurak urishi (pulsi) va xarakterli yurishi bo‘yicha alohida taniy oladi.

Mutaxassislar bu kabi texnologik sakrash bir qator xavotirlarni keltirib chiqarayotganiga e’tibor qaratmoqda. Amalda butun jahon bo‘ylab o‘rnatiladigan aloqa infratuzilmasi istalgan binodagi insonlarni sezish va ularning shaxsiyatini aniqlashga qodir bo‘lgan global kuzatuv tarmog‘iga aylanishi mumkin.

Ijobiy tomondan olganda, bu texnologiya tibbiyotda (masofadan bemorlar holatini nazorat qilish), qidiruv-qutqaruv ishlarida va «aqlli» uylar xavfsizligida inqilob qilishi kutilayotgan bo‘lsa-da, shaxsiy hayot daxlsizligi masalasi jiddiy so‘roq ostida qolmoqda. Mutaxassislar raqamli asrda shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash va raqamli kuzatuvdan saqlanish choralarini hozirdanoq qayta ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidlamoqda.