Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Qirg‘iziston—O‘zbekiston chegarasida navbatdagi yerosti tunneli topildi

Qirg‘iziston—O‘zbekiston chegarasida navbatdagi yerosti tunneli topildi

Qirg‘izistonning Botken viloyatida O‘zbekiston bilan chegaradosh hududda noqonuniy tovarlar tashishga mo‘ljallangan yerosti tunnel aniqlandi. Uning chuqurligi 12 metrni tashkil etadi.

Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan kontrabanda va noqonuniy migratsiya holatlariga qarshi kurashish xizmati xodimlariga kelib tushgan tezkor ma’lumotga asosan, Qadamjoy tumanining Chechelik qishlog‘ida joylashgan tashlandiq xonadonda tekshiruv o‘tkazilgan. Natijada uydan qo‘shni davlat hududiga olib boruvchi, chuqurligi taxminan 12 metr, kengligi esa 1,5 metr bo‘lgan yerosti yo‘li topilgan. Hozirda ushbu holat bo‘yicha Botken viloyati IIB Tergov xizmati tomonidan surishtiruv va tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarni bog‘lovchi bunday noqonuniy yerosti yo‘llari avval ham bir necha bor aniqlangan. Xususan, 2025-yilda Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegarasida Hindistondan keltirilgan dori vositalarini tashishga mo‘ljallangan 310 metrlik tunnel yo‘q qilingan bo‘lsa, 2024-yil va 2022-yillarda ham Qirg‘iziston bilan chegara hududlarda qimmatbaho buyumlar, telefonlar va kontrabandani o‘tkazish uchun qazilgan bir nechta maxfiy tunnellar fosh etilgan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish