So‘nggi:
O‘zbekistonda bank depozitlaridan olinadigan daromadga 5 foizli soliq joriy etish taklif qilindiIqtisodiyotArgentinada davlat xizmatchilari bo‘lgan vertolyot qulab tushdiDunyoShavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradiJamiyatUy-joy narxlari eskrou-hisoblarga o‘tish sababli qimmatlashishi mumkin — Adliya vazirligiJamiyat2026/2027 o‘quv yilidan talabalarni o‘qishdan haydash amaliyoti bekor qilinadiJamiyatToshkent shahar kengashi poytaxtni obodonlashtirish va ijtimoiy soha uchun 21,5 milliard so‘m ajratdiJamiyatDubay aeroportida o‘zbekistonliklar uchun doimiy daromadli ish o‘rinlari ajratildiJamiyatWildberries dron hujumlari sababli Qozog‘istondan omborxona izlamoqdaDunyoToshkentda YPX motosikllari bilan to‘qnashgan Onix haydovchisi shifoxonada vafot etdiJamiyatMarkaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdiIqtisodiyot

Argentinada davlat xizmatchilari bo‘lgan vertolyot qulab tushdi

Argentinada davlat xizmatchilari bo‘lgan vertolyot qulab tushdi

Argentinada vertolyot halokati oqibatida favqulodda xizmat rahbarlari va mutasaddilardan iborat 7 kishi halok bo‘ldi. Fojia o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish mashg‘ulotlari paytida yuz bergan.

Fojia hududda o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan amaliy mashg‘ulotlar davomida sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida o‘z hayotini mahalliy aholi xavfsizligiga bag‘ishlagan yuqori martabali davlat xizmatchilari, jumladan, fuqaro muhofazasi xizmati direktori, politsiya boshlig‘i o‘rinbosari, yong‘in xavfsizligi xizmati rahbari hamda uning o‘rinbosari, Federal favqulodda vaziyatlar agentligi xodimlari va havo kemasi uchuvchisi bor edi. Gubernator o‘z bayonotida yaqinlarini yo‘qotgan barcha oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, bu yo‘qotish butun provinsiya uchun og‘ir qayg‘u ekanini ta’kidladi.

The Sun nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, parvoz vaqtida vertolyot bilan aloqa to‘satdan uzilib qolgan. Havo kemasining qoldiqlari keyinchalik hududda faoliyat yurituvchi tog‘-kon kompaniyasiga tegishli vertolyot ekipaji tomonidan aniqlangan. Fojia tik tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududda yuz bergani sababli, voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar halokat joyiga faqat piyoda yetib borishga majbur bo‘lishgan. Ma’lumot uchun, San Xuan provinsiyasi Argentinaning g‘arbida, Chili bilan chegaradosh hududda joylashgan bo‘lib, mamlakatning muhim tog‘-kon sanoati markazlaridan biri hisoblanadi.