So‘nggi:
2026/2027 o‘quv yilidan talabalarni o‘qishdan haydash amaliyoti bekor qilinadiJamiyatToshkent shahar kengashi poytaxtni obodonlashtirish va ijtimoiy soha uchun 21,5 milliard so‘m ajratdiJamiyatDubay aeroportida o‘zbekistonliklar uchun doimiy daromadli ish o‘rinlari ajratildiJamiyatWildberries dron hujumlari sababli Qozog‘istondan omborxona izlamoqdaDunyoToshkentda YPX motosikllari bilan to‘qnashgan Onix haydovchisi shifoxonada vafot etdiJamiyatMarkaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdiIqtisodiyotToshkent aeroportida 4,4 kg mefedron kontrabandasi ushlandiJamiyatRossiyada Pavel Durovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u xalqaro qidiruvga berildiDunyoO‘zbekistonda bolalarga nisbatan zoravonlik va shafqatsiz munosabat bo‘yicha 1246 ishonch telefoni ishga tushirildiJamiyatToshkent atrofida 1 mlrd dollarlik ikki darajali pullik halqa yo‘li qurilishi mumkinJamiyat

Toshkent shahar kengashi poytaxtni obodonlashtirish va ijtimoiy soha uchun 21,5 milliard so‘m ajratdi

Toshkent shahar kengashi poytaxtni obodonlashtirish va ijtimoiy soha uchun 21,5 milliard so‘m ajratdi

Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashi mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 21,48 milliard so‘m ajratish haqida qaror qabul qildi. Mablag‘larning asosiy qismi obodonlashtirishga yo‘naltiriladi.

Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashi ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha byudjet daromadlari rejasining oshirib bajarilishi evaziga shakllangan qo‘shimcha manbalardan 21,48 milliard so‘m ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu mablag‘larning katta qismi poytaxt ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga yo‘naltiriladi.

Ajratilgan mablag‘ning 11,95 milliard so‘mi markaziy ko‘chalarga mavsumiy gullar hamda manzarali kol-butalar xarid qilishga sarflanadi. Shuningdek, markaziy maydonlarni ko‘kalamzorlashtirish boshqarmasiga 2,15 milliard so‘m, davlat ob’yektlarini obodonlashtirish boshqarmasiga 900 million so‘m hamda muhim ko‘chalarni obodonlashtirish boshqarmasiga 3,8 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.

Ajratilgan mablag‘larning bir qismi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratiladi. Jumladan, Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumini uskunalar bilan ta’minlashga 248 million so‘m, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining shahar bo‘limi moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga 40,4 million so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, poytaxtdagi «Bilim» axborot-kutubxona markazi binosi va uning ichki xonalarini mukammal ta’mirlash ishlari uchun byudjetdan 2,39 milliard so‘m yo‘naltirilishi belgilandi.