Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkent aeroportida 4,4 kg mefedron kontrabandasi ushlandi

Toshkent aeroportida 4,4 kg mefedron kontrabandasi ushlandi

Toshkent aeroportida «Xavfsiz va salomat mamlakat» tadbiri davomida 4,4 kg mefedron olib kirishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi. Kontrabandada gumonlangan Qozog‘iston fuqarosi hamda u bilan aloqador yangiyo‘llik shaxs qamoqqa olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan «Xavfsiz va salomat mamlakat» tezkor-profilaktik tadbirlari davomida respublika hududiga ko‘p miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini noqonuniy olib kirish holati aniqlandi.

Toshkent xalqaro aeroportida «Bangkok — Shartja — Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosining qo‘l yuki belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Tekshiruv natijasida uning yuklari orasidagi 8 ta shirinlik qadoqlariga hamda 5 ta plastik konteynerga yashirilgan umumiy og‘irligi 4,4 kilogramm bo‘lgan «mefedron» sintetik moddasi borligi fosh etildi.

Tezkor amaliyotning mantiqiy davomi sifatida poytaxtdagi mehmonxonalardan birida ushbu taqiqlangan moddalarni qabul qilib olishi kerak bo‘lgan shaxs — Yangiyo‘l shahrida yashovchi 20 yoshli fuqaro qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, u giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet-do‘kon administratorining ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilgan. Tintuv chog‘ida uning yonidan pnevmatik pistol ham ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (Kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish