Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda eng ko‘p nikohdan ajralishlar Toshkent shahrida qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda eng ko‘p nikohdan ajralishlar Toshkent shahrida qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda ajrimlar soni 24 815 tani tashkil etdi. Eng ko‘p ajralish Toshkent shahrida, eng kami esa Navoiy viloyatida kuzatildi.

Olingan statistika shuni ko‘rsatadiki, joriy yilning olti oyidagi ajrimlar ko‘rsatkichlari 2025-yilning mos davriga (23 338 ta ajralish) nisbatan qariyb 1,5 mingtaga oshgan.

Tahlil qilinayotgan davr mobaynida respublika bo‘yicha 92,3 mingta nikoh rasman qayd etilgan bo‘lib, har ming aholiga nisbatan nikoh koeffitsiyenti 4,9 promilleni tashkil qildi. Nikohlar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 mingtaga kamaygani kuzatildi.

Hujjatda keltirilishicha, qayd etilgan ajrimlarning 60,1 foizi (14,9 mingta) shahar joylariga, 39,9 foizi esa (9,9 mingta) qishloq hududlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar kesimidagi statistika

Nikohdan ajralishlar soni hududlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:

  • Toshkent shahri — 3 222 ta;

  • Farg‘ona viloyati — 2 676 ta;

  • Samarqand viloyati — 2 608 ta;

  • Andijon viloyati — 2 471 ta;

  • Toshkent viloyati — 2 334 ta;

  • Namangan viloyati — 2 070 ta;

  • Surxondaryo viloyati — 1 718 ta;

  • Qashqadaryo viloyati — 1 704 ta;

  • Buxoro viloyati — 1 275 ta;

  • Xorazm viloyati — 1 079 ta;

  • Jizzax viloyati — 1 072 ta;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 048 ta;

  • Sirdaryo viloyati — 865 ta;

  • Navoiy viloyati — 673 ta.

Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mamlakat bo‘yicha eng ko‘p ajrimlar Toshkent shahrida (3222 ta), eng kam ko‘rsatkich esa Navoiy viloyatida (673 ta) qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil davomida O‘zbekistonda jami 46 914 ta nikohdan ajralish holati rasmiylashtirilgan edi. Mutaxassislar tomonidan er-xotinlarning ajrashish sabablari tahlil qilinganda, asosiy omillar sifatida xarakterlarning mos kelmasligi, oilaviy hayotga tayyor emaslik, o‘zaro ishonchsizlik hamda boshqa nikoh munosabatlariga kirishish holatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish