Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkentdagi bekatda 32 yoshli kuryer o‘zini osib o‘ldirdi

Toshkentdagi bekatda 32 yoshli kuryer o‘zini osib o‘ldirdi

 Toshkentning Yunusobod tumanidagi avtobus bekatida 1994-yilda tug‘ilgan kuryer o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, marhumning bankdan qarzi bo‘lgani aniqlangan.

Hodisa 25-iyul kuni soat 15:00 atrofida yuz bergan. Toshkentda tug‘ilgan, xususiy kompaniyada kuryer bo‘lib ishlagan va oilali M.M. bekat hududida osilgan holda topilgan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, o‘limga bo‘yin sohasidagi strangulyatsion egatlar natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan, tanada boshqa jarohatlar aniqlanmagan.

Huquq-tartibot organlari marhumning yaqin qarindoshlarini so‘roq qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaroning bank oldida qarzdorligi bo‘lgani aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 47 yoshli qaynona keliniga ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazishi oqibatida kelin o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish