O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Bangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdi

Bangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdi

Bangladesh prezidenti Muhammad Shahobiddin salomatligi yomonlashgani sababli vakolat muddati tugashiga ikki yil qolganda iste’foga chiqdi. Yangi prezident 90 kun ichida saylanishi lozim.

Bangladesh prezidenti Muhammad Shahobiddin 5 yillik vakolat muddati tugashiga ikki yil qolganda o‘z lavozimini tark etdi. 76 yoshli davlat rahbari 24-iyul kuni ushbu qarorga salomatligi yomonlashgani, ya’ni so‘nggi ko‘riklarda unga avtonom neyropatiya tashxisi qo‘yilgani va vaqti-vaqti bilan hushini yo‘qotib qo‘yayotgani sabab bo‘lganini bildirdi. Tegishli qaror muxolifat partiyalarining u iste’foga chiqishi haqidagi talablari kuchaygan bir paytda qabul qilindi.

Prezident Milliy Assambleya spikeri Hofiz Uddin Ahmadga yo‘llagan maktubida og‘ir xastaligi sababli konstitutsiyaviy burchini bajara olmasligini ma’lum qildi. Spiker iste’foni qabul qilganini bildirdi. Konstitutsiyaga muvofiq, yangi davlat rahbari saylangunga qadar prezident vazifasini parlament spikeri bajarib turadi hamda yangi prezident yaqin 90 kun ichida saylanishi shart.

Shahobiddinning iste’foga chiqishi u may oyida Buyuk Britaniyaga davolanishga borganida sobiq bosh vazir Shayx Hasina bilan telefonda gaplashgani haqidagi xabarlar fonida yuz berdi. Prezident ushbu mish-mishlarni inkor etdi. Ma’lumot uchun, Shahobiddin 2023-yilning aprel oyidan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan edi va uning vakolati 2028-yilda tugashi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning avgust oyida Bangladeshda yoshlar namoyishlari sababli sobiq bosh vazir Shayx Hasina hokimiyatdan ag‘darilgan va u Hindistonga qochib ketgan edi. Prezident Shahobiddinning ketishi bilan mamlakat yuqori rahbariyatida Hasinaning so‘nggi ittifoqchisi ham lavozimini tark etdi.