So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdi

«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdi

O‘zbekistonlik 22 yoshli himoyachi Abduqodir Xusanov «Manchester Siti» bilan yangi 5 yillik shartnoma imzoladi. Yangi kelishuv 2031-yilgacha mo‘ljallangan va maoshining oshishini ko‘zda tutadi.

Angliyaning «Manchester Siti» klubi o‘zbekistonlik 22 yoshli himoyachi Abduqodir Xusanov bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qildi. Yangi bitim 5 yilga — 2031-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchining maoshi sezilarli darajada oshishini ko‘zda tutadi. Ushbu qaror klub yangi bosh murabbiyi Enzo Mareska kelganidan keyingi dastlabki muhim kadrlar yechimlaridan biri bo‘ldi.

Xusanov 2025-yilning yanvar oyida «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgan edi. Angliyadagi dastlabki bir yarim yil davomida u 47 ta o‘yinda maydonga tushib, jamoaning asosiy posbonlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, 2025/26-yilgi mavsumning ikkinchi yarimida markaziy himoyada Mark Gexi bilan mustahkam juftlik hosil qildi hamda APLning so‘nggi 19 ta o‘yinidan 16 tasida qatnashdi. Shuningdek, Abduqodir Angliya kubogi va Angliya liga kubogidagi g‘alabalarda muhim rol o‘ynab, har ikkala finalda ham to‘liq harakat qildi hamda mavsum yakunlariga ko‘ra «Manchester Siti»da yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun ovoz berishda Niko O’Raylidan keyin 2-o‘rinni egalladi.

«Bu men va oilam uchun buyuk kun. «Siti» bilan shartnomani uzaytirganimdan juda xursandman», — dedi futbolchi rasmiy saytga bergan intervyusida. Klub sport direktori Ugu Viana ham o‘zbekistonlik himoyachining o‘sishini yuqori baholab, uning kelajakda jahon darajasidagi himoyachiga aylanish uchun barcha imkoniyatlari borligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Xusanov Angliya Premyer-ligasi tarixidagi birinchi o‘zbekistonlik futbolchidir. U «Manchester Siti» tarkibida allaqachon Angliya kubogi hamda Angliya liga kubogi sohibiga aylanishga ulgurgan.