Ijtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyat

Qashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildi

Qamashi tumanida Damas haydovchisi yo‘l bo‘yidagi o‘lik itni avtomobiliga bog‘lab sudragani aks etgan video tarqaldi. Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 111-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi itni avtomobil orqasiga bog‘lab sudrab ketayotgani aks etgan video tarqalib, jamoatchilikning keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 24-iyul kuni soat taxminan 13:18 larda 4P70 «Qarshi-Shahrisabz» avtomobil yo‘lining Qamashi tumani «Quyiyangi» MFYdan o‘tgan qismida yuz bergan. Shu hududda yashovchi fuqaro D.T. o‘ziga tegishli Damas rusumli avtomashinasida harakatlanayotib, yo‘l yoqasida o‘lib yotgan itni ko‘rib qolgan va uni mashinasining orqa qismiga bog‘lab sudragan.

Ushbu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Nexia-3 avtomobili haydovchisi va yo‘lovchilari fuqaroning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, avtomobilni to‘xtatgan va holatga oydinlik kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzar D.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Ish qonuniy choralar ko‘rish va yakuniy to‘xtamga kelish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudiga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ularga azob berish yoki o‘limiga olib kelish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga olib keladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish