Ijtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyat

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 69 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 69 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga 69 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Davlat rahbarini MDH va mintaqa mamlakatlari yetakchilari ham qutlashdi.

Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 69 yoshga to‘ldi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin davlat rahbariga rasmiy tabriknoma yo‘lladi.

O‘z maktubida Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari lavozimidagi ko‘p yillik faoliyati O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori izchil oshib borishi bilan ajralib turishini alohida ta’kidladi.

«Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik shaxsiy hissangizni yuqori baholayman. Bizning samimiy va do‘stona munosabatlarimizni qadrlayman. Ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqot hamda yaqin hamkorlikni davom ettirishdan mamnun bo‘laman», — deyiladi Rossiya prezidenti tabrigida. Shuningdek, u O‘zbekiston yetakchisiga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va xalq farovonligi yo‘lidagi faoliyatida yangi zafarlar tiladi.2

Shavkat Mirziyoyevning 69 yoshga to‘lishi munosabati bilan ko‘plab xorijiy davlatlar va qo‘shni mamlakatlar rahbarlari ham samimiy qutlovlar hamda ezgu tilaklarini bildirishdi. Xususan, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat rahbari nomiga telegramma va telefon orqali tabrik yo‘llashdi. Ular o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalarini e’tirof etib, Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi ulkan o‘rnini ta’kidlab o‘tdilar.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish