Xiva va Urganch shaharlarini bog‘laydigan O‘zbekistondagi ilk pul yo‘l 2026-yil avgust oyida ochiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent–Samarqand, Toshkent–Andijon va Toshkent–Chorvoq yo‘l loyihalari bo‘yicha ham ma’lumot berdi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Xiva va Urganch shaharlarini o‘zaro bog‘laydigan mazkur yo‘l qurilishi allaqachon boshlangan va kelasi oyda to‘liq yakunlanadi. Ushbu loyiha nafaqat mahalliy aholi uchun qulaylik yaratadi, balki hududga tashrif buyuradigan xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun ham muhim turizm infratuzilmasi vazifasini o‘taydi.
Eslatnoma: O‘zbekistondagi barcha pulli yo‘l loyihalari holati
Xiva — Urganch: Qurilish yakuniy bosqichda, foydalanishga topshirish — 2026-yil avgust. Mamlakatdagi birinchi faol pulli yo‘l bo‘ladi.
Toshkent — Samarqand: Amaliy qurilish ishlariga rasman start berildi.
Toshkent — Andijon: Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi magistral bo‘yicha investor va xususiy sherikni aniqlash xalqaro tenderi yakunlanmoqda.
Toshkent — Chorvoq: Bo‘stonliq yo‘nalishidagi loyihalash ishlari to‘liq tugatildi, hozirda xususiy sherik aniqlanmoqda.
Hududiy reja: Tez orada shunday yirik yo‘l-qurilish loyihalari Qashqadaryo, Namangan, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida ham yo‘lga qo‘yiladi.



