FIFA rasmiy sayti O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 dagi tarixiy debutiga to‘xtalib o‘tdi. Tashkilot Fayzullayevning tarixiy golini hamda Shomurodovning eng chiroyli gol sifatidagi g‘alabasini qayd etdi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) o‘zining rasmiy saytida AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ishtirok etgan Osiyo jamoalari, xususan, O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy debutiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tashkilot xabarida ta’kidlanishicha, «Oq bo‘rilar» ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan so‘ng guruh bosqichidayoq musobaqani tark etgan bo‘lsa-da, jamoaning ishtirokida ko‘plab ijobiy jihatlar ko‘zga tashlandi. Jumladan, Abbosbek Fayzullayev Kolumbiyaga qarshi o‘yinda mamlakatimizning JCHdagi ilk golini urib, o‘z nomini futbol tarixiga muhrladi. Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga yo‘llagan zarbasi esa Hyundai versiyasi bo‘yicha «Guruh bosqichidagi eng yaxshi gol» sovriniga loyiq topildi.
FIFA mutaxassislarining qayd etishicha, Fabio Kannavaro shogirdlari musobaqa davomida o‘zlarining texnikaga asoslangan va mehnatkash uslubidan chekinmadi. Tashkilot 18 yoshli Behruz Karimov kabi yosh futbolchilar uchun ushbu turnir katta tajriba maktabi bo‘lganini va to‘rt yildan so‘ng o‘tkaziladigan navbatdagi mundialda bu tajriba asqotishini ta’kidlab o‘tdi.


