So‘nggi:
Wildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyoRossiyada sudlangan migrantlarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydiSiyosatO‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 8 mlrd dollar kerakJamiyatShavkat Mirziyoyev banklar faoliyatini uch oy ichida yaxshilashni talab qildiSiyosatO‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqdaJamiyatToshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildiJamiyatSobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyat

Rossiyada sudlangan migrantlarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydi

Rossiyada sudlangan migrantlarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydi

Rossiyada sudlangan migrantlarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydi. Rossiya Davlat Dumasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda tegishli qonunni qabul qildi. Hujjat migrantlar uchun fuqarolik, yashash guvohnomasi va vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini olish qoidalarini sezilarli darajada qat’iylashtiradi.

Yangi tartibga ko‘ra, endilikda olib tashlanmagan yoki muddati tugamagan har qanday sudlanganlik fuqarolik, VNJ yoki RVP olishni rad etish uchun asos bo‘ladi. Hozirgi qonunchilikda esa bunday cheklovlar asosan qasddan sodir etilgan hamda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Agar hujjatlar berilgandan keyin xorijiy fuqaroning olib tashlanmagan sudlanganligi aniqlansa, unga berilgan fuqarolik, yashash guvohnomasi yoki vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi bekor qilinadi.

Shuningdek, ariza topshirayotgan shaxslar sudlanganligi mavjud yoki mavjud emasligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatni taqdim etishi shart bo‘ladi. Mazkur ma’lumotnoma yashash mamlakatining vakolatli organlari tomonidan berilgan va ariza topshirishdan ko‘pi bilan uch oy oldin rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.

Agar migrant bir nechta davlat fuqaroligiga yoki turli mamlakatlarda yashash huquqiga ega bo‘lsa, har biri bo‘yicha alohida ma’lumotnoma taqdim etishi talab etiladi.

Yangi talablar 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, Rossiyada qochqin maqomini olgan shaxslar, siyosiy boshpana olgan xorijliklar hamda Rossiya Qurolli kuchlarida shartnoma asosida xizmat qilayotgan yoki xizmat qilgan fuqarolarga tatbiq etilmaydi.

Bundan tashqari, Ukraina fuqarolari uchun ikki yillik o‘tish davri joriy etiladi. Shu muddat davomida ulardan RVP yoki VNJ rasmiylashtirishda sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab qilinmaydi.

Agar qonunni Vladimir Putin imzolasa, yangi tartib rasmiy e’lon qilinganidan 180 kun o‘tib kuchga kiradi. Ushbu sanagacha topshirilgan arizalar esa amaldagi qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqiladi.