O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Rossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqda

Rossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqda

Ayrim rossiyalik xotin-qizlar harbiy komissariatlardan chaqiruv qog‘ozi olishni boshladi. Rasmiylarga ko‘ra, jarayon ma’lumotlarni aniqlashtirish va shartnoma bo‘yicha xizmat taklif qilish bilan bog‘liq.

Rasmiy idoralarning ma’lum qilishicha, ushbu jarayon asosan harbiy hisobda turgan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini yangilash va bazani aniqlashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, chaqirilgan xotin-qizlarga ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida harbiy xizmatga jalb etilish imkoniyatlari ham taklif qilinmoqda.

Hukumat vakillari ushbu vaziyat yuzasidan izoh berib, mamlakatda xotin-qizlarni majburiy ravishda harbiy xizmatga yoki safarbarlikka jalb etish bo‘yicha hech qanday rasmiy qaror qabul qilinmaganini alohida ta’kidlashgan.

Mazkur tadbirlar rejaviy xarakterga ega bo‘lib, asosan tibbiyot xodimlari, aloqa va axborot texnologiyalari kabi harbiy-hisob mutaxassisligiga ega bo‘lgan ayollarni qamrab olmoqda.