So‘nggi:
Toshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildiJamiyatSobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyatToshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkinIqtisodiyot

Farg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldi

Farg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldi

Farg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan fuqarolik nikohidagi er-xotinga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Ular qarzlarini uzish va Turkiyaga ishlashga ketish uchun chaqaloqni sotishga qaror qilgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra, 2024-yilning oktyabr oyidan buyon o‘zaro qonuniy nikohsiz va qarindoshlaridan yashirincha birga yashab kelgan erkak va ayol 2025-yilning oktyabrida o‘g‘il farzandli bo‘lishgan.

Sud majlisida ayol moliyaviy qiyinchiliklar sababli ushbu jinoyatga qo‘l urganini tan olgan. Aniqlanishicha, chaqaloq evaziga olinadigan pul mablag‘lari juftlikning shaxsiy qarzlarini va erkakning kreditlarini yopishga, shuningdek, Turkiyaga ishlash uchun ketish xarajatlariga sarflanishi kerak bo‘lgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u avvaliga bolani sotish taklifini rad etgan, biroq tanishi go‘dak «yaxshi sharoitda» katta bo‘lishini aytgach, rozi bo‘lgan. Erkak esa bu kelishuv haqida faqatgina bola topshiriladigan kuni xabar topgan.

Shu sababli ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan bo‘lsa-da, yakunda u ayolga yordam berishga qaror qilgan va shundan so‘ng ajralishni rejalashtirishgan.

Sud qarori bilan har ikki fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan aybdor deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi. Chaqaloqni kelgusida joylashtirish masalasi Ijtimoiy himoya agentligi hamda Qo‘qon shahar hokimligi bolalarni himoya qilish bo‘limi ixtiyoriga berildi.