So‘nggi:
Sobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyatToshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkinIqtisodiyotIspaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioniga aylandiSport

JCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildi

JCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildi

AQSH, Kanada va Meksikada o‘tgan JCH-2026 bahslarini 6,8 milliondan ortiq tomoshabin bevosita stadiondan kuzatdi. Bu futbol tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.

Jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. «MetLife» stadionida bo‘lib o‘tgan shiddatli final uchrashuviga 80 663 nafar muxlis tashrif buyurdi. Mazkur mundial umumiy tomoshabinlar soni bo‘yicha yangi tarixiy rekordni qayd etdi.

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan, 104 ta uchrashuvdan iborat chempionat bahslarini jami 6 810 966 nafar muxlis bevosita stadiondan tomosha qildi. Avvalgi rekord 1994-yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda o‘yinlarga jami 3 587 538 nafar muxlis kelgandi. Eslatib o‘tamiz, keyingi turnir 2030-yilda Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Jahon chempionatining yuz yilligini nishonlash uchun dastlabki uchta o‘yin Janubiy Amerika mamlakatlari — Urugvay, Argentina va Paragvayda tashkil etiladi.