Marko Rubio amerikalik tadbirkorlarga O‘zbekistondan uy sotib olishni taklif qildiIqtisodiyotO‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmini yiliga 1 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqdaJamiyatQurilish vazirligi O‘zbekistonda minglab xavfli liftlarni aniqladiJamiyatToshkentda 720 dan ortiq noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uy aniqlandiJamiyatXorijdagi pensiyadorlar shaxsini MyID orqali masofadan tasdiqlashi mumkin bo‘ladiJamiyatNavoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadi va xarajatini oshkor qilishga majbur bo‘ladiJamiyatToshkentda kuryerni haqoratlagan Brasserie Park restorani xodimi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda davlat xizmatchilari formasiga o‘xshash kiyimlarni kiyish taqiqlanishi kutilmoqdaJamiyatBeeline egasi Perfectum’ni 207 mln dollarga sotib olmoqdaJamiyatToshkentda 290 kishida qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Narpayda Samarqand viloyatini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi

Shavkat Mirziyoyev Narpayda Samarqand viloyatini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Davlat rahbari o‘z nutqini barcha ishtirokchilarni va xalqimizni yaqinlashib kelayotgan muqaddas Ramazon oyi hamda yangilanish fasli — Navro‘z ayyomi bilan samimiy qutlashdan boshladi.

Prezident Samarqandga qilgan oxirgi tashrifidan buyon o‘tgan to‘rt oy ichida mamlakatimiz hayotida sanoat va madaniyat sohalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berganini ta’kidladi. Xususan, Olmaliqdagi uchinchi mis boyitish fabrikasining ishga tushirilishi iqtisodiyot uchun muhim qadam bo‘lgani, Toshkentda ochilgan Islom sivilizatsiyasi markazi esa nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqaning ma’naviy boyligi ekani qayd etildi.

Yig‘ilishda hududning madaniy merosini asrab-avaylash masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Davlat rahbari ertaga Payariq tumanidagi yangilangan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Ushbu muazzam maskan nafaqat xalqimiz faxri, balki millionlab xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb etuvchi jahon miqyosidagi ziyorat turizmi markaziga aylanishiga ishonch bildirildi.

Tadbir doirasida Samarqand viloyati infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha aniq rejalar ko‘rib chiqildi. Prezident mamlakatdagi shiddatli o‘zgarishlar mahalliy rahbarlardan yanada faolroq harakat qilishni va tumanlarni boshqarishda mutlaqo yangicha yondashuvlarni joriy etishni talab qilayotganini alohida ta’kidladi.