O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Ispaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioniga aylandi

Ispaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioniga aylandi

Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi AQSHda o‘tgan JCH-2026 finalida Argentinani qo‘shimcha vaqtlarda mag‘lub etdi va o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marta futbol bo‘yicha jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. AQSHning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tgan JCH-2026 final uchrashuvida ispanlar Argentina terma jamoasini qo‘shimcha vaqtlarda 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Sloveniyalik bosh hakam Slavko Vincich boshqargan o‘yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi, biroq ikkinchi bo‘lim oxirida (90+3-daqiqa) argentinaliklar yarim himoyachisi Enso Fernandes qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Uchrashuvdagi yagona va g‘alaba golini 106-daqiqada Ferran Torres kiritdi.

Ushbu g‘alaba evaziga Ispaniya 2010-yilgi JARda o‘rnatgan tarixiy muvaffaqiyatini takrorladi (o‘shanda ham finalda Niderlandiya 1:0 hisobida taslim etilgan edi).

Amaldagi jahon chempioni bo‘lgan Argentina esa unvonini himoya qila olmadi va kumush medallar bilan cheklandi. Eslatib o‘tamiz, bir kun avval o‘tkazilgan uchinchi o‘rin uchun bahsda Angliya terma jamoasi Fransiya ustidan 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, jahon chempionatining bronza medallariga ega chiqqan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish