So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildi

Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildi

Farg‘ona viloyatida leytanant Ozodbek Quldoshaliev bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Maxsus motoguruh komandiri 16-iyul kuni Toshkentda xizmat mototsikli va Onix to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lgan edi.

17-iyul kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Yo‘l-patrul xizmati brigadasi maxsus batalyoni motoguruhi komandiri, leytenant Ozodbek Madiyorjon o‘g‘li Quldoshaliev bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrida yuz bergan ayonchli yo‘l-transport hodisasi oqibatida 29 yoshli xodim fojiali halok bo‘ldi. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati, YXHB brigadasi qo‘mondonligi va barcha shaxsiy tarkib marhumning oilasi, yaqinlari hamda qarindoshlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, mudhish avariya joriy yilning 16-iyul kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan edi. Do‘rmon yo‘li ko‘chasida YXHBning xizmat mototsikllari va «Chevrolet Onix» rusumli avtomobil ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan. Olingan og‘ir jarohatlar oqibatida leytenant O. Quldoshaliev voqea joyida vafot etgan. Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur inson o‘limiga sabab bo‘lgan hodisaning barcha tafsilotlarini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.