O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

Rossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildi

Rossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildi

Ukrainaning uchuvchisiz uchish apparatlari Rossiyaning Kotovsk va Elektrostal shaharlaridagi Wildberries omborlariga zarba berdi. Hujum oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 50 ga yaqin xodim yaralandi.

18-iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning Tambov va Moskva viloyatlarida joylashgan Wildberries marketpleysining yirik logistika markazlari Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)ning ommaviy hujumiga uchradi. Omborlarga dronlar kelib urilishi oqibatida ob’yektlarda kuchli yong‘inlar sodir bo‘ldi va fojiali yo‘qotishlarga olib keldi.

Eng og‘ir holat Tambov viloyatining Kotovsk shahridagi 108 ming kv. metr maydonga ega logistika markazida qayd etildi: u yerda tungi smenada ishlayotgan 7 nafar xodim voqea joyida halok bo‘ldi, yana 25 kishi jarohatlandi. Moskva viloyatining Elektrostal shahridagi omborga qilingan hujumda esa 24 nafar xodim turli darajada tan jarohati oldi. Rossiya Tergov qo‘mitasi mazkur holatlar yuzasidan «Terakt» moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Kompaniya asoschisi Tatyana Kim sodir bo‘lgan voqeani mamlakat va kompaniya uchun «dahshatli tun» deb atadi hamda portlash va yong‘inlar hududida qolgan barcha tovarlar vaqtincha sotuvdan olinganini ma’lum qildi. Hozirda Kotovskdagi yong‘in to‘liq o‘chirilgan, Elektrostalda esa yakuniy bosqich poyoniga yetmoqda. Marketpleys rahbariyati tadbirkorlarga yuklarni boshqa xavfsiz taqsimlash markazlariga qayta yo‘naltirishni so‘radi.

Rossiyadagi eng yirik ikki taqsimlash markazining ishdan chiqishi Wildberries’ning O‘zbekistondagi logistika tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Avvalroq o‘zbekistonlik xaridorlar buyurtma qilingan tovarlar uzoq vaqt yetib kelmayotgani va posilkalar yetkazib berilishida katta uzilishlar bo‘layotgani haqida ko‘plab shikoyat qilishgan edi. Rossiyadagi logistik tugunlarga dronlar zarbasi ortidan respublikaga kelayotgan buyurtmalarning yanada kechikishi va yetkazib berish zanjirida yangi muammolar paydo bo‘lishi kutilmoqda.